Jamiyat

Oʻz joniga qasd qilgan PPX xodimiga bosim oʻtkazilgani rad etildi

© uznews.uzShevron sotrudnika Ministerstva vnutrennix del Uzbekistana
Shevron sotrudnika Ministerstva vnutrennix del Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2021
Angrenda oʻz joniga qasd qilgan PPX xodimiga bosim oʻtkazilgani rad etildi.
TOSHKENT, 30 iyun — Sputnik. Angrenda 27 iyun kuni oʻz joniga qasd qilgan IIB Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash guruhi xodimi Bekzod Bobomirzayevga bosim oʻtkazilgani rad etildi.
27 iyun kuni taxminan soat 13:30 da Bekzod Bobomirzayev oʻziga biriktirilgan “PM” tabel qurolidan oʻzining jagʻ qismiga qarata bir marotaba oʻq uzgan. U ogʻir jarohat olib, hodisa joyida vafot etgan. Ushbu voqeadan soʻng marhumning akasi videomurojaat qilib, ukasiga Akmal ismli shaxs bosim oʻtkazib, undan bir haftadan beri pul soʻrab kelganini aytgandi.
Bodi-kamera i znachok ispektora DPS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2021
Hodisalar
Angrenda PPX xodimi tabel qurolda oʻzini otib qoʻydi
Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati rahbari Bobur Toʻlaganov “Bu kun” dasturiga bergan intervyusida marhumga nisbatan hech qanday bosim boʻlmaganini aytdi.
Hodisa yuz bergan kun — 27 iyunda Oʻz xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Angren shahar IIBning xodimlari xizmat faoliyatida intizomga, qonunchilikka boʻysunishi ustidan nazorat yigʻilishi oʻtkazilgan.
“Safdor Bekzod Bobomirzayev suhbatda bir oʻzi boʻlmagan. U rahbarlari bilan birgalikda suhbatdan oʻtgan. Unga kamchiliklari, qoʻpol qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻygani yuzasidan tanqidiy muhokama oʻtkazilgan. Jarayonda marhum oʻzi yoʻl qoʻygan kamchiliklarni tan olgan. Bunga iqror boʻlgan. Lekin unga hech qanday bosim oʻtkazilmagan. Buni aniq aytishim mumkin”, - dedi Toʻlaganov.
IIBB axborot xizmati rahbarining taʼkidlashicha, ichki ishlar organlarining xizmat xonalari audio va videokuzatuv moslamalari bilan jihozlangan. Bekzod Bobomirzayev bilan boʻlib oʻtgan suhbat ham audio va videokuzatuv moslamalarida qayd etilgan. Suhbatdan ikki soat oʻtgach, safdor oʻz joniga qasd qilgan.
Ichki ishlar vazirligi va prokuratura organlarining maxsus tashkil etilgan guruhi oʻz joniga qasd qilish sabablari oʻrganilmoqda. Holat ichki ishlar vazirining shaxsan nazoratiga olingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala