O‘zbekiston – Turkiya biznes forumida qiymati 679 mln dollarlik hujjatlar imzolandi

Uzbeksko-tureskiy biznes-forum v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston – Turkiya biznes forumida 25 ta hujjat imzolandi. Ulardan 10 tasi investitsiya loyihalari, qolganlari savdo shartnomalari.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. O‘zbekiston – Turkiya biznes forumi yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati 679 million dollarlik 25 ta hujjat imzolandi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ulardan 514,7 mln dollari 10 ta investitsiya loyihalariga yo‘naltiriladi, yana 165,2 mln dollari savdo shartnomalariga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston – Turkiya biznes forumi 28-iyun kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.
Ministr investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana S.Umurzakov vstretilsya s vitse-prezidentom Tursii Fuatom Oktayem. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2021
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim loyihasi ishlab chiqiladi
Tadbirda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov, Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay, O‘zbekiston tomonidan tegishli vazirlik, idora va tarmoq birlashmalari rahbarlari, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 250 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.
Yangiliklar lentasi
0