Jamiyat

Oʻzbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti tashkil etildi

© Sayt SamGuSamarkandskiy Gosudarstvennыy universitet
Samarkandskiy Gosudarstvennыy universitet - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2021
Samarqand davlat universitetining Oʻzbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti tashkil etildi.
TOSHKENT, 30 iyun — Sputnik. Hukumat qarori bilan Samarqand davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Samarqand davlat universitetining Oʻzbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti tashkil etildi.
Institut davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Pedagogika sohasi boʻyicha tarbiya va oʻqitish usullari, taʼlim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllash koʻnikmalariga ega professional oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash Institutning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Bolshoy etnograficheskiy diktant v Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2021
Jamiyat
Jizzaxda yangi universitet tashkil etildi
Institutda oʻquv jarayoni:
- Finlyandiya taʼlim dasturlari va texnologiyalari asosida tashkil etiladi;
- 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi.
Shunga koʻra, Universitetda pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va ularning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari boʻyicha qabul toʻxtatiladi.
2021/2022 oʻquv yili uchun Institutga kunduzgi, sirtqi hamda kechki taʼlim shakli boʻyicha qabul parametrlari davlat komissiyasi qaroriga asosan, 2022/2023 oʻquv yilidan esa har yili tasdiqlanadigan respublika OTMga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala