O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti tashkil etildi

© Sayt SamGuSamarkandskiy Gosudarstvenniy universitet
Samarkandskiy Gosudarstvenniy universitet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2021
Obuna bo‘lish
Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti tashkil etildi.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Hukumat qarori bilan Samarqand davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti tashkil etildi.
Institut davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Pedagogika sohasi bo‘yicha tarbiya va o‘qitish usullari, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega professional oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash Institutning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Bolshoy etnograficheskiy diktant v Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2021
Jizzaxda yangi universitet tashkil etildi
Institutda o‘quv jarayoni:
- Finlyandiya ta’lim dasturlari va texnologiyalari asosida tashkil etiladi;
- 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.
Shunga ko‘ra, Universitetda pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul to‘xtatiladi.
2021/2022 o‘quv yili uchun Institutga kunduzgi, sirtqi hamda kechki ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari davlat komissiyasi qaroriga asosan, 2022/2023 o‘quv yilidan esa har yili tasdiqlanadigan respublika OTMga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Yangiliklar lentasi
0