O‘zbekistonga yana 1 mln doza o‘zbek-xitoy vaksinasi olib kelindi

© Press-slujba Minzdrava UzbekistanaV Uzbekistan dostavili yeshe 1 mln. doz vaksini ZF-UZ-VAC2001
V Uzbekistan dostavili yeshe 1 mln. doz vaksini ZF-UZ-VAC2001 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2021
Obuna bo‘lish
Bu ushbu vaksinaning O‘zbekistonga keltirilgan 7-partiyasi bo‘lib, xuddi shuncha miqdorda 29-iyun kuni ham keltirilgan edi.
TOShKENT, 30-iyun - Sputnik. O‘zbekistonga 30-iyun kuni yana 1 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Bu ushbu vaksinaning O‘zbekistonga keltirilgan 7-partiyasi bo‘lib, xuddi shuncha miqdorda 29-iyun kuni ham keltirilgan edi. Bundan avval ZF-UZ-VAC2001 ning:
27 martda — 1 million doza,
27 aprelda — 1 million doza,
18 mayda — 1 million doza,
19 mayda — 500 ming doza,
10 iyunda — 1 million doza,
29 iyunda — 1 million doza partiyalari keltirilgan.
Toshkentda aholi gavjum joylarda koronavirusga qarshi emlash punktlari tashkil etildi
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2021
Toshkentda qo‘shimcha emlash punktlari qanday ishlamoqda
Shunday qilib, O‘zbekistonning vaksina zaxirasi 7,4 million dozaga yetmoqda. Ayni paytga qadar shundan 3,5 million dozadan ortig‘i vaksinatsiya jarayonlarida qo‘llanildi.
Ma’lumot uchun, ZF-UZ-VAC2001 koronavirusga qarshi yangi rekombinant vaksina bo‘lib, Xitoy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti olimlari tomonidan yaratilgan, Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.Ltd farmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Vaksinaning klinik tadqiqotlari o‘zbekistonlik olimlar bilan hamkorlikda olib borilgan.
Yangiliklar lentasi
0