Iqtisod

Qozogʻiston Oʻzbekistondan gilos xarid qilib, Dubayga sotadi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishSbor urojaya chereshni i vishni
Sbor urojaya chereshni i vishni - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2021
Qozogʻiston kompaniyasi keyinchalik Dubay savdo nuqtalariga sotish uchun oʻzbek gilosini xarid qilishni rejalashtirmoqda.
TOSHKENT, 30 iyun — Sputnik. Oʻzbekistondan Qozogʻistonga meva va sabzavot karvoni keladi. Qozogʻiston savdo va integratsiya vaziri Baxit Sultanovning ishchi tashrifi shunday natijalar bilan yakunlandi, deb xabar bermoqda Forbes Kazakhstan.
Qozogʻistonlik vazirning soʻzlariga koʻra, Toshkent hokimi bilan sanoat koorporatsiyasi toʻgʻrisidagi kelushuvga erishilgan, xususan, “Sergak” loyihasi va Qozogʻistonning “Alageum Electric” kompaniyasi transformatorlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish masalasi koʻrib chiqilmoqda.
Sultanov tashrif doirasida Qozogʻiston delegatsiyasi “dala va bogʻlar, bozor va agrologistik markazlarga borgani, transport yoʻlaklari va sotish yoʻlidagi toʻsiqlar haqida soʻragani, dehqonlar, sotuvchilar va mintaqa rahbarlari bilan koʻplab uchrashuv oʻtkazganini” qayd etgan.
“Biz muhokama qilgan muhim bir jihat: tovar oʻtkazuvchi yoʻlaklar boʻylab tashkil etiladigan logistik markazlarda shunchalik saralashni emas, balki toʻgʻri qadoqlashni tashkil etish masalasini hal etishni nazarda tutish lozim”, - degan qozogʻistonlik vazir.
Baxit Sultanov tashrifning soʻnggi ikki kunida ikkita shartnoma imzolanganini maʼlum qilgan. Birinchisi 500 ming dollarga oʻzbek gilosini xarid qilish. Uning doirasida “bitim tuzgan Qozogʻiston kompaniyasi keyinchalik Dubay savdo nuqtalariga yetkazib berish uchun yuqori sifatli oʻzbek va qozoq gilosining yiriklashtirilgan partiyasini toʻplashni rejalashtirimoqda”.
Chereshnya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston ilk bor Singapurga gilos eksport qildi
Ikkinchi shartnoma Tojikistonning Soʻgʻd viloyati Bobojon Gʻafurov tumanidan Qozogʻiston savdo tarmoqlariga 500 ming dollarlik meva va savzavot mahsulotlarini yetkazib berishni koʻzda tutadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala