Hodisalar

Rossiyada ichida oʻzbekistonliklar boʻlgan “Gazel” agʻdarilib ketdi – video

© Press-slujba GU MVD Rossii po Volgogradskoy oblasti Na trasse Volgograd-Moskva perevernulas "GAZel" s grajdanami Uzbekistana
Na trasse Volgograd-Moskva perevernulas GAZel s grajdanami Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2021
Volgograd-Moskva trassasida ichida oʻzbekistonliklar boʻlgan “Gazel” agʻdarilib ketdi – video
TOSHKENT, 30 iyun — Sputnik. Volgograd viloyatida, Volgograd-Moskva trassasida mehnat migrantlari boʻlgan "Gazel" mikroavtobusi agʻdarilib ketdi, deb xabar qildi viloyat IIV bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
© Press-slujba GU MVD Rossii po Volgogradskoy oblasti Na trasse Volgograd-Moskva perevernulas "GAZel" s grajdanami Uzbekistana
Na trasse Volgograd-Moskva perevernulas GAZel s grajdanami Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2021
Na trasse Volgograd-Moskva perevernulas "GAZel" s grajdanami Uzbekistana
YTH oqibatida 13 kishi turli darajadagi tan jarohati oldi. Ikki kishi ogʻir ahvolda.
Mikroavtobusda jami 14 nafar yoʻlovchi boʻlgan, ularning barchasi asosan Samofalovkadan Ilovlinskiy tumaniga dalada ishlash uchun ketayotgan Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan.
Koʻpchilik migrantlar yonida hujjatlari boʻlmagan, ammo keyinchalik ularning barchasi qonuniy ravishda Rossiya hududida boʻlganligi maʼlum boʻldi.
Hodisa Gorodishchenskiy tumanida sodir boʻldi, "Gazel" haydovchisi transport vositasi boshqaruvini yoʻqotgan, transport vositasi yoʻl chetiga chiqib, agʻdarilib ketdi.
Volgograd viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi voqea joyiga 6 ta tez yordam brigadasi va trassa tibbiy yordam punktlarining ikkita guruhi yuborilganini maʼlum qildi.
Hozir voqea sodir boʻlgan joyda yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari ishlamoqda, viloyat yoʻl harakati xizmati rahbariyati ham YTH joyiga yetib keldi.
Bundan tashqari, viloyat migratsiya ishlari boshqarmasi rahbariyati vaziyatni oʻrganib chiqadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala