Rossiyada ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan “Gazel” ag‘darilib ketdi – video

© Press-slujba GU MVD Rossii po Volgogradskoy oblasti Na trasse Volgograd-Moskva perevernulas "GAZel" s grajdanami Uzbekistana
Na trasse Volgograd-Moskva perevernulas GAZel s grajdanami Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2021
Obuna bo‘lish
Volgograd-Moskva trassasida ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan “Gazel” ag‘darilib ketdi – video
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Volgograd viloyatida, Volgograd-Moskva trassasida mehnat migrantlari bo‘lgan "Gazel" mikroavtobusi ag‘darilib ketdi, deb xabar qildi viloyat IIV bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
© Press-slujba GU MVD Rossii po Volgogradskoy oblasti Na trasse Volgograd-Moskva perevernulas "GAZel" s grajdanami Uzbekistana
Na trasse Volgograd-Moskva perevernulas GAZel s grajdanami Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2021
Na trasse Volgograd-Moskva perevernulas "GAZel" s grajdanami Uzbekistana
YTH oqibatida 13 kishi turli darajadagi tan jarohati oldi. Ikki kishi og‘ir ahvolda.
Mikroavtobusda jami 14 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, ularning barchasi asosan Samofalovkadan Ilovlinskiy tumaniga dalada ishlash uchun ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan.
Ko‘pchilik migrantlar yonida hujjatlari bo‘lmagan, ammo keyinchalik ularning barchasi qonuniy ravishda Rossiya hududida bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.
Hodisa Gorodishchenskiy tumanida sodir bo‘ldi, "Gazel" haydovchisi transport vositasi boshqaruvini yo‘qotgan, transport vositasi yo‘l chetiga chiqib, ag‘darilib ketdi.
Volgograd viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi voqea joyiga 6 ta tez yordam brigadasi va trassa tibbiy yordam punktlarining ikkita guruhi yuborilganini ma’lum qildi.
Hozir voqea sodir bo‘lgan joyda yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari ishlamoqda, viloyat yo‘l harakati xizmati rahbariyati ham YTH joyiga yetib keldi.
Bundan tashqari, viloyat migratsiya ishlari boshqarmasi rahbariyati vaziyatni o‘rganib chiqadi.
Yangiliklar lentasi
0