Samarqandda o‘g‘irlik qilayotgan erkak IIB xodimiga qarshilik ko‘rsatib, unga jarohat yetkazdi

Kulak - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2021
Obuna bo‘lish
Fuqaro uning ruda toshlarini o‘g‘irlayotganini ko‘rgan IIB xodimini do‘pposlagan.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Samarqand viloyati Paxtachi tumanida IIB xodimiga qarshilik ko‘rsatib, unga jarohat yetkazgan shaxsga qarshi jinoiy ish ochildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
24 iyun kuni kichik serjant K.R. Ziyovuddin shaharchasi yashovchi 30 yoshli A.O. “Ziyovuddin” temir yo‘l bekatida yuk vagonidan ruda toshlarini o‘g‘irlayotganini ko‘rib qolgan. Xodim uning noqonuniy harakatlarining oldini olmoqchi bo‘lgan. Erkak esa IIB xodimiga faol qarshilik ko‘rsatib, tan jarohati yetkazgan.
© Press-slujba MVDV otnoshenii litsa, okazavshego soprotivlenie sotrudniku OVD, vozbujdeno ugolovnoe delo
V otnoshenii litsa, okazavshego soprotivlenie sotrudniku OVD, vozbujdeno ugolovnoe delo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2021
V otnoshenii litsa, okazavshego soprotivlenie sotrudniku OVD, vozbujdeno ugolovnoe delo
Holat yuzasidan A.O.ga nisbatan O‘zbekiston JKning 219-moddasi 2-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozir qo‘lga olingan.
Aniqlanishicha, qo‘lga olingan bu shaxs ilgari sudlangan. U qasddan badanga yengil shikast yetkazish, bezorilik jinoyatlari uchun qamoqda o‘tirib chiqqan.
Sotrudniki DPS i Natsionalnoy gvardii na postu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2021
Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik uchun jazo kuchaytirilishi kutilmoqda
Yangiliklar lentasi
0