Siyosat

Toshkentda Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” yigʻilishi boʻlib oʻtadi

© Narodnoye slovoVtoroy po vыsote gosudarstvennыy flag Uzbekistana podnyali v Andijane
Vtoroy po vыsote gosudarstvennыy flag Uzbekistana podnyali v Andijane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2021
Yigʻilish qatnashchilari Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, tashqi siyosat sohasidagi umumiy tahdidlar va xavf-xatarlarni muhokama qiladilar.
TOSHKENT, 30 iyun - Sputnik. Toshkent shahrida “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” yigʻilishi boʻlib oʻtadi.
"2021-yil 1-iyul kuni Toshkent shahrida “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” siyosat va xavfsizlik masalalari boʻyicha yuqori darajadagi muloqotning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtadi", - deyiladi TIV xabarida.
Tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afgʻoniston tashqi ishlar mahkamalari rahbarlarining oʻrinbosarlari hamda Yevropa tashqi faoliyat xizmati bosh kotibi oʻrinbosari ishtirok etishi kutilmoqda.
Yigʻilish qatnashchilari Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, tashqi siyosat sohasidagi umumiy tahdidlar va xavf-xatarlarni muhokama qiladilar.
Eslatib oʻtamiz, Toshkentda 15-16 iyul kunlari yuqori darajadagi “Markaziy va Janubiy Osiyo: hududiy bogʻliqlik. Chaqiriq va imkoniyatlar” nomli xalqaro anjuman boʻlib oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston tashabbusi bilan tashkil qilinayotgan ushbu tadbirning asosiy maqsadi – Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish masalasidir. Unga Markaziy Osiyo davlatlari, Afgʻonistondagi turli kuchlar vakillari, Pokiston, Eron, AQSH va boshqa davlat vakillari taklif qilingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala