Siyosat

Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani iyulda Toshkentga keladi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishPrezident Afganistana Moxammad Ashraf Gani
Prezident Afganistana Moxammad Ashraf Gani  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2021
Toshkentda 15-16 iyul kunlari “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusida yuqori darajali xalqaro anjuman boʻlib oʻtadi.
TOSHKENT, 1 iyul – Sputnik. Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani yuqori darajadagi xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun 15-16 iyul kunlari Toshkentga keladi. Bu haqida qoʻshni davlatning tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Mirvays Nab xabar qildi. Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabariga asosan.

“Afgʻoniston Islom Respublikasi prezidenti, aksariyat davlatlar oʻz ishtirokini tasdiqlagan, ushbu muhim anjumanda ishtirok etadi. Biz – Afgʻoniston tashqi ishlar vazirligi ham buning ustida ishlamoqdamiz. Bu yerda mintaqamiz rivojlanishini muhokama qilish uchun olimlar toʻplanishadi”, - dedi Mirvays Nab.

Eslatib oʻtamiz, Toshkentda 15-16 iyul kunlar Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil qilingan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagigi yuqori darajali xalqaro anjuman boʻlib oʻtadi.
Unda barcha Markaziy Osiyo davlatlari, Afgʻoniston va Pokiston, AQSH va boshqa davlat vakillari ishtirok etadi. Anjumanning asosiy mavzusi Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish va hududiy xavfsizlik masalalarilir.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala