Jamiyat

“Andijon hokimining qizini toʻyi”: hokimlik bayonoti

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Fotobankka oʻtishSvadba
Svadba - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2021
Shuhrat Abdurahmonovning kenja qiziga dabdabali toʻy qilingani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi.
TOSHKENT, 1 iyul — Sputnik. Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning kenja qiziga dabdabali toʻy qilingani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi.
Serdar Ortach i Yulduz Usmanova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2021
Madaniyat
Toshkentdagi toʻyda Rossiya va Turkiya estrada yulduzlari qoʻshiq kuyladi
“Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon hokimining qizini toʻyi boʻlayotgani haqidagi videolavha yuzasidan Andijon viloyati hokimligi quyidagilarni maʼlum qiladi;
Haqiqatdan ham, videolavhaning birinchi qismida Andijon viloyati hokimining qizi va kuyovining unashtiruv marosimidagi suratlar aks etgan. Andijon viloyati hokimi yaqin kunlarda qizini turmushga uzatganligi maʼlum. Ammo, tarqatilgan videoning ikkinchi qismida turli xil kiyim kechaklar bilan toʻldirilgan gardiroblar, uy-joylar aks ettirilgan suratlar viloyat hokimiga umuman aloqador emasligi aniqlandi. Ushbu fotosuratlar internet tarmoqlaridan koʻchirib olingan va koʻchirilgan suratlar yordamida tayyorlanganligi maʼlum boʻldi.
Hurmatli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, yuqoridagilarni inobatga olib, yolgʻon axborot tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet tarmogʻida tarqatish holatlari uchun qonuniy jazo choralari mavjud ekanini eslatib oʻtamiz”, - deyilgan bayonotda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala