Kolumnistlar

Biz birga boʻlsak hech kim bizni yenga olmaydi - Rossiya va Xitoyning yangi bayonoti

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishPrezident RF Vladimir Putin (sprava) i predsedatel KNR Si Tszinpin
Prezident RF Vladimir Putin (sprava) i predsedatel KNR Si Tszinpin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2021
Yaqinda Vladimir Putin va Si Tszinpin Rossiya va Xitoy orasida harbiy ittifoqdan koʻra ustunroq munosabatlar haqida kelishib olishdi.
TOSHKENT, 30 iyun – Sputnik. Yaqinda Vladimir Putin vi Si Tszinpin videoaloqa orqali bogʻlanib Rossiya va Xitoy orasida imzolangan “qoʻshnichilik, doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi” shartnomani yangilash va uzaytirishga kelishib olishdi.
Ushbu muhim voqea Xitoy Kommunistik partiyasining (XKP) 100 yillik yubileyni nishonlash arafasida boʻlgani ham muhim ahamiyatga ega. Axir Rossiya va Xitoy munosabatlarida kommunistik partiyaning oʻrni juda muhim.
Dastlab 1950 yilda Xitoy va SSSR orasida doʻstlik shartnomasi imzolashda XKPning fuqaro urushidagi gʻalabasi va Xitoyning birlashishi asos boʻlgan edi. Keyinchalik KPSS va XPK orasida kelishmovchilik sodir boʻlganidan soʻng ikki davlat munosabatlari buzilgan edi.
SSSR inqirozga uchraganidan soʻng Xitoy partiyasi KPSSning xatolaridan oʻziga kerakli xulosalarni chiqarib oldi va nafaqat oʻzini saqlab qolishga, davlat tizimini ham yangilab dunyoning yetakchilaridan biriga aylandi.
Demonstratsiya na Krasnoy ploщadi v Den mejdunarodnoy solidarnosti trudyaщixsya. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.01.2021
Kolumnistlar
Endi sotsializmda yashaymiz - Rossiya va Xitoy rahbarlari Davoss forumida nima dedi
Bugungi geosiyosiy vaziyatda esa Xitoy Rossiya bilan birga ikki davlat munosabatlarining yangi modelini qurishga muvaffaq boʻldi. Dushanba kuni boʻlib oʻtgan muzokaralarda Putin va Si aynan ushbu munosabatlarning kelajagi haqida soʻz yuritishdi.
Pandemiya tufayli ikki davlat rahbarlari 1,5 yildan buyon shaxsan uchrasha olmayotgan boʻlsa ham, videokonferentsiya formatida doimiy uchrashuvlar oʻtkazilmoqda. Soʻnggi uchrashuv yakunida ham Rossiya va Xitoyning qoʻshma bayonoti imzolandi.
Unda Moskva va Pekin tashqi siyosiy harakatlarni “ikki davlat munosabatlarining asosiy ustunlaridan biri” deb hisoblashlari aytigan.
“Geosiyosiy turbulentlik kuchayib, qurol-yarogʻ ustidan nazorat shartnomalari buzilayotgan va dunyoning turli burchaklarida mojarolar xavfi kuchayib borayotgan vaqtda, Rossiya-Xitoy munosabatlari dunyo ishlarini barqarorlashtiruvchi rol oʻynaydi,” – deyilgan bayonotda.
Bu haqida Si Tszinpin ham “Rossiya – Xitoy munosabatlari xalqaro hamjamiyatga ijobiy energiya olib kelib, xalqaro munosabatlarning yangi turini yaratishda oʻrnak boʻlishi mumkin”, - dedi.
Bu yerda gap qanday munosabatlar haqida ketayotgani maʼlum albatta. Gap nafaqat “teng huquqli dunyo tartibi” balkim tark etayotgan gegemonni tan olmaydigan tartib haqida ketmoqda. Qoʻshma bayonotda bunday tartib ikkala tomonni ham qoniqtirmasligi aytib oʻtilgan.
“Dunyoda notinchlik hukm surmoqda, noaniqlik va beqarorlik sezilarli darajada kuchaygan. Insoniyat xalqaro ishlarda ishonch va boshqaruv taqchilligiga, rivojlanish tafovutlari va qarama-qarshiliklar kuchayishiga duch kelmoqda. Umumiy xavfsizlik va barqaror rivojlanishni taʼminlash hali ham eng muhim vazifalar qatoridan oʻrin olgan. Alohida mamlakatlar yakuniy natijasi “nol” qiymatiga teng boʻlgan oʻyinlar qabilida raqobat va mojarolarga daʼvat qilmoqda. Xalqaro munosabatlarda kuch faktorining roli oshmoqda.
Salbiy faktorlar qatoridan – ayrim davlatlarning dunyoni mafkuraviy nuqtai nazardan boʻlish, suveren davlatlar ichki ishlariga bezbetlarcha aralashish, bir tomonlama sanktsiyalar kiritish, xalqaro huquqning normativ bazasini, jumladan qurol yarogʻni nazorat qilish tizimini boʻshashtirish kabilar oʻrin olgan.
Ushbu harakatlar xalqaro mojaro va muammolarni tinchlantirish jarayonini murakkablashtiradi. Terrorchilik va ekstremizm va separatizm xavflari oshmoqda. Ayniqsa qoʻshni davlatlar hududida.
Bayonotda AQSH nomi tilga olinmagan boʻlsada, gap kim haqida ketayotgani maʼlum. Xitoy va Rossiya har doim ularning munosabatlari oʻziga toʻqligini va uchinchi mamlakatlarga qarshi qaratilmaganini taʼkidlab kelishgan.
Bu faqat ehtiyotkorlik chorasidan yoki amerikaliklarning jahlini chiqarmaslik uchun emas.
Poverxnost Lunы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Dunyoda
Rossiya va Xitoy Oyda stantsiya qurish rejasini taqdim etdi
AQSH Rossiya va Xitoyni ochiqchasiga dushman deb eʼlon qilib, kollektiv Gʻarb yoki uning “demokratiya”gacha choʻzilgan koʻrinishi esa dunyoda oʻzlari istagan tartibni oʻrnatish huquqiga daʼvo qilib turgan vaqtda Rossiya va Xitoy bundan noroziliklarini ham ochiqchasiga aytishmoqda, lekin “AQShni birgalikda yakson qilamiz” kabi gaplardan yiroq. Ularning asosiy maqsadi, AQShning ham oʻz oʻrni boʻlgan yangi koʻp qirrali xalqaro munosabatlar tizimini barpo etish. Bundan koʻp emas va kam ham emas.
Barcha kuch gʻayratni AQShga qarshi qaratish – befoyda. Amerika oʻz yetakyachiligini baribir uzoq tutib tura olmaydi. Bugun dunyo Amerika yoki Gʻarb atrofida aylanmayapti. Atlantika erasi yakunlanib, ogʻirlik markazi Tinch Okeani hududiga koʻchmoqda.
Rossiya va Xitoy uchun turli kuch markazlari bilan munosabatlarni tiklash va ularni oʻz tomoniga jalb qilish kerak. Bunda munosabatlar “oʻzniki-begona” tizimi boʻyicha qurilmaydi. Moskva va Pekinga vassallar kerak emas. Ular amerikalik gegemon oʻrnini bosishni istamaydi. Ular uchun yangi dunyo xavfsizlik arxitekturasiga imkon qadar koʻproq davlatlarni birga ishlash uchun jalb qilish muhimroqdir.
Yangi dunyoda yagona boshqaruv markazi yoki gegemonga xizmat koʻrsatuvchi va norozilarni yoʻq qiluvchi tartib boʻlmaydi, lekin dunyoning asosiy tsivilizatsiya-davlatlari va hududiy ittifoqlar manfaatlaridan kelib chiqqan kuchlar muvozanati boʻladi.
Aynan shu sababli ham Moskva va Pekin harbiy ittifoq haqida bitim tuzmayaptilar. Aks holda Hindiston kabi muhim rol uynaytigan davlatlar undan yuz oʻgirishi mumkin. Hozir atlantik davlatlar SHHT aʼzosi boʻlgan Hindiston kabi yirik davlatlarni oʻziga qaratib olish uchun turli harakatlar qilmoqda, jumladan Xitoy bilan qoʻrqitib olishdan ham toyishmayapti.
Stranы mira. Kitay  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2021
Kolumnistlar
Xitoy yangi sovuq urushning birinchi jangiga tayyorlanmoqda
Rossiya va Xitoy rasman Ittifoq tuzmasa-da bu ikki davlatning yaqindan hamkorlik qilishiga xalal bermaydi. Jumaladan harbiy va strategik masalalarda ham. Qoʻshma bayonotda Rossiya va Xitoy munosabatlari quyidagicha tavsiflangan.
“Harbiy-siyosiy ittifoq boʻlmasa-da Rossiya va Xitoy munosabatlari ana shunday sovuq urush davridan shakllangan bloklar koʻrinishidagi hamkorlikdan koʻra ustuvordir. Ikki davlat munosabatlari biror vaziyatga bogʻliqlik yoki mafkuradan xoli boʻlib, hamkor tomonning manfaatlarini har tomonlama hisobga olishni va uning ichki ishlariga aralashmaslikni nazarda tutadi. Aloqalar faqat oʻzaro manfaatlar yoʻlida boʻlib, uchinchi davlatlarga qarshi qaratilmagan. Bu xalqaro munosabatlarning yangi koʻrinishidir”.
Yaʼni, Rossiya va Xitoy munosabatlari nafaqat oʻzining eng yuqori choʻqqisiga chiqqan (bu haqida bir necha yildan buyon taʼkidlab kelinmoqda), balkim endi ular NATO kabi har qanday harbiy-siyosiy ittifoq munosabatlaridan ham yuqoridir.
Rossiya va Xitoy munosabatlarining hozirgi koʻrinishi oʻz manfaatlarini, oʻz qonunlari boʻyicha yashashni himoya qilishga qaratilgan. Kommunizm gʻoyasi endi bizni birlashtirmasa-da, Moskva va Pekinni undan ham kuchliroq gʻoyalar birlashtirmoqda. Bu ikki buyuk qoʻshnilarning oʻz birdamligiga ishonchi – agar biz birga boʻlsa hech kim bizni yenga olmaydi. Dunyo qanchalik notinch boʻlsa, biz uchun birga boʻlish shunchalik muhim.
“Rossiya Xitoyning barqaror va gullab-yashnashidan manfaatdor, Xitoy Rossiyaning kuchli va muvaffaqiyatli boʻlishidan manfaatdor. <...> Global notinchlik kuchayib borarkan, Rossiya-Xitoy strategik hamkorligining dolzarbligi ham oshadi”.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala