Hodisalar

Jizzaxda tadbirkorga tegishli yerni 45 ming dollarga pullamoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi

© CC0 / Unsplash / Bill OxfordNaruchniki. Illyustrativnoye foto
Naruchniki. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2021
Firibgarlar tadbirkorning xabardorligisiz unga ajratilgan 3 gektar yerni boshqa bir fuqaroga sotmoqchi boʻlishgan.
TOSHKENT, 1 iyul — Sputnik. Jizzax viloyatida tadbirkorga tegishli 3 gektar yerni sotmoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar qildi.
Aniqlanishicha, fuqaro L.A. va F.I.lar tadbirkorga qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun ajratilgan yer maydonidan boshqa bir fuqaroga har bir gektarini 15 ming dollaridan hisoblab sotishmoqchi boʻlishgan. Ular oldindan 10 ming dollarni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida qoʻlga olingan.
Posevnaya risa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.06.2021
Hodisalar
Hokimliklar ikki yil ichida 120 ming gektar yerni maqsadsiz bergan yoki talon-toroj qilgan
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala