Iqtisod

Joriy yilda Oʻzbekistonda 900 dan ortiq davlat mulki sotuvga qoʻyiladi

© Sputnik / Ruslan KrivobokAuktsion
Auktsion  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2021
Auktsionda mulkni sotib olganda, toʻlov muddati hozirgi 5 kundan 15 kungacha uzaytiriladi.
TOSHKENT, 1 iyul - Sputnik. Joriy yilda Oʻzbekistonda 900 dan ortiq davlat mulki sotuvga qoʻyiladi. Endi davlat mulklarini "1 soʻm" qiymatda savdoga chiqarish, yer uchastkalarini investitsiya majburiyati bilan sotish amaliyoti bekor qilinadi va ular bozor bahosida elektron savdolarga chiqariladi.
Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 1 iyul kuni davlat aktivlarini xususiylashtirish sohasidagi ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Taʼkidlanishicha, 2020 yil 27 oktyabrda Oʻzbekiston prezidentining "Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi farmoni qabul qilingach, joriy yilning birinchi yarmida 478 ta davlat mulki 1 trillion 100 milliard soʻmga sotildi.
Dacha Gulnarы Karimovoy v Tashkentskoy oblasti, vыstavlennaya na torgi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.04.2021
Foto
Gulnora Karimovaga tegishli deyilgan hashamatli dachaning koʻrinishi – eksklyuziv
Lekin, bu borada qilinadigan ishlar hali koʻp. Xususan, sotilishi belgilangan 556 ta mulkdan 288 tasi savdolarga chiqarilmagan. Shuningdek, davlat korxonalari va banklar ixtiyorida ularning asosiy faoliyatiga xos boʻlmagan 511 ta obʼyekt haligacha sotilmasdan turibdi.
Yigʻilishda xususiylashtirish jarayonini samarali tashkil etish, auktsionda qatnashish tartiblarini soddalashtirish va ishtirokchilar sonini koʻpaytirishga qaratilgan vazifalar muhokama qilindi.
Onlayn auktsionda qatnashish uchun toʻlovlar bekor qilinadi va tadbirkorlarga elektron roʻyxatdan oʻtish xarajatlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan qoplab beriladi. Auktsionda mulkni sotib olganda, toʻlov muddati hozirgi 5 kundan 15 kungacha uzaytiriladi.
Bundan buyon, davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan tashkilotlarning bino-inshootlari, transport vositalarini sotish va ijaraga berishni faqat elektron auktsion orqali amalga oshirish tartibi joriy etiladi.
Mutasaddilarga ushbu yangi tartiblarni nazarda tutuvchi qaror loyihasi ishlab chiqish topshirildi.
Ekran, transliruyuщiy birjevыe grafiki i diagrammы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.03.2021
Iqtisod
Yangi tahrirdagi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonun maʼqullandi – asosiy oʻzgarishlar
Toshkent shahridagi 13 ta yirik koʻchmas mulk obʼyekti hamda 11 ta tarmoq korxonalaridagi davlat ulushlarini xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda, sotuvga chiqarish zarurligi taʼkidlandi.
Viloyat, tuman va shahar hokimlariga oʻz vakolatidagi 154 ta boʻsh turgan obʼyektni bir oy muddatda savdoga chiqarish vazifasi qoʻyildi.
Hokimliklar tomonidan sotuvga chiqarilgan mulklar sotilganda, hududlar ixtiyorida qoladigan mablagʻlar ulushi 73 foizdan 87 foizga oshiriladigan boʻldi. Bu mablagʻlar viloyat va tumanlar (shahar) byudjetlari oʻrtasida teng taqsimlanadi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga davlat korxonalari hamda banklarning asosiy faoliyatga xos boʻlmagan va boʻsh turgan obʼyektlarni toʻliq qaytadan xatlovdan oʻtkazib, ularni xususiylashtirishga tayyorlash boʻyicha topshiriq berildi.
Faoliyat yuritmayotgan yoki zarar koʻrib ishlayotgan korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish va modernizatsiya qilish boʻyicha takliflar muhokama qilindi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala