Dunyoda

Kanada gʻarbida kamida 486 kishi jazirama issiqdan oʻlgan boʻlishi mumkin

© REUTERS / Francois LenoirJenщina pyet vodu v parke v tsentre Bryusselya, Belgiya
Jenщina pyet vodu v parke v tsentre Bryusselya, Belgiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2021
Taxmin qilinishicha, bu odamlarning oʻlimi yuqori havo haroratiga bogʻliq. Oʻlganlardan koʻpi pensionerlar.
TOSHKENT, 1 iyul — Sputnik. Kamida 486 kishi Kanada gʻarbidagi Britaniya Kolumbiyasi viloyatida kuzatilgan anomal issiq ob-havo qurboni boʻlgan boʻlishi mumkin. Bu haqda CBC telekanali mahalliy politsiyaga tayangan holda xabar berdi.
Uning maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi besh kun ichida politsiya 486 ta fuqarolarning qoʻqqisdan vafot etishi holatini qayd etgan. Oʻlimlar, xususan, Vankuver, Barnabi va Surrey kabi shaharlarda qayd etilgan. Taxmin qilinishicha, bu odamlarning oʻlimi yuqori havo haroratiga bogʻliq. Oʻlganlardan koʻpi pensionerlar boʻlgan.

Mahalliy meteobyuro maʼlumotlariga qaraganda, 30 iyun kuni Litton shahrida havo haroratining mutlaq rekordi qayd etilgan. Havo 49,5 darajagacha isib ketgan.
Gorojane spasayutsya ot jarы v fontane parka 300-letiya Sankt-Peterburga. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.05.2020
Markaziy Osiyoda yozda anomal jazirama boʻladi - iqlimshunoslar bashorati
Soʻnggi kunlarda Kanadaning qator hududlarida anomal jazirama kuzatilmoqda. Kunduzi havo 40-45 darajagacha isib ketmoqda.
Hukumat anomal jazirama kuzatilayotgan hududlarga tegishli ogohlantirishlarni eʼlon qilgan. Tibbiyot xodimlari aholiga koʻchada kamroq yurish, koʻproq suv ichish va bosh kiyimda boʻlish zarurligini tavsiya qilishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala