Kanada g‘arbida kamida 486 kishi jazirama issiqdan o‘lgan bo‘lishi mumkin

© REUTERS / Francois LenoirJenshina pyet vodu v parke v sentre Brusselya, Belgiya
Jenshina pyet vodu v parke v sentre Brusselya, Belgiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2021
Obuna bo‘lish
Taxmin qilinishicha, bu odamlarning o‘limi yuqori havo haroratiga bog‘liq. O‘lganlardan ko‘pi pensionerlar.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Kamida 486 kishi Kanada g‘arbidagi Britaniya Kolumbiyasi viloyatida kuzatilgan anomal issiq ob-havo qurboni bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda CBC telekanali mahalliy politsiyaga tayangan holda xabar berdi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi besh kun ichida politsiya 486 ta fuqarolarning qo‘qqisdan vafot etishi holatini qayd etgan. O‘limlar, xususan, Vankuver, Barnabi va Surrey kabi shaharlarda qayd etilgan. Taxmin qilinishicha, bu odamlarning o‘limi yuqori havo haroratiga bog‘liq. O‘lganlardan ko‘pi pensionerlar bo‘lgan.

Mahalliy meteoburo ma’lumotlariga qaraganda, 30-iyun kuni Litton shahrida havo haroratining mutlaq rekordi qayd etilgan. Havo 49,5 darajagacha isib ketgan.
Gorojane spasayutsya ot jari v fontane parka 300-letiya Sankt-Peterburga. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.05.2020
Markaziy Osiyoda yozda anomal jazirama bo‘ladi - iqlimshunoslar bashorati
So‘nggi kunlarda Kanadaning qator hududlarida anomal jazirama kuzatilmoqda. Kunduzi havo 40-45 darajagacha isib ketmoqda.
Hukumat anomal jazirama kuzatilayotgan hududlarga tegishli ogohlantirishlarni e’lon qilgan. Tibbiyot xodimlari aholiga ko‘chada kamroq yurish, ko‘proq suv ichish va bosh kiyimda bo‘lish zarurligini tavsiya qilishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0