Jamiyat

Maktab bitiruvchisiga attestat berish tartibi oʻzgartiriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovUcheniki idut na zanyatiya
Ucheniki idut na zanyatiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2021
Oʻzbekistonda maktab bitiruvchisiga mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kamida bitta kasb yoki hunarni egallash majburiy boʻladi.
TOSHKENT, 1 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda maktablarning 10–11-sinf oʻquvchilarini mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb va hunarlarga oʻqitish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev yoshlar va talabalar forumida maʼlum qildi.

“Bundan buyon maktab bitiruvchisiga attestat berishda mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kamida bitta kasb yoki hunarni egallash majburiy qoida boʻladi. Bu tizim davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat taʼlim tashkilotlari bilan birga yoʻlga qoʻyiladi”, – dedi prezident.

Davlat rahbarining soʻzlariga koʻra, olib borilgan amaliy ishlar natijasida oʻtgan 8 oy mobaynida "yoshlar daftari"ga kirgan 430 ming nafar yigit-qizning muammolarini hal etish uchun 300 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan.
Jumladan, "temir daftar"dagi oilalar farzandlari boʻlgan 2 mingdan ziyod talabalarning kontrakt puli toʻlab berildi.
Bundan buyon har qanday investitsiya loyihasining bosh maqsadi avvalo yoshlar bandligi masalasini hal etishga qaratilishi kerak. Bu hamma joyda oʻzgarmas qoidaga aylanishi zarur.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala