Siyosat

Oʻzbekistonda “Kelajak liderlari” zaxira kadrlari shakllantiriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2021
Har yili hokim, vazir, idora va bank rahbarligiga kamida 2 nafardan yosh nomzodlar zaxirasi tasdiqlanadi.
TOSHKENT, 1 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda iqtidorli yoshlar orasidan yangi avlod zaxira kadrlari – “Kelajak liderlari” shakllantiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar va talabalar forumida maʼlum qildi.
“Shu bilan birga, koʻplab iqtidorli oʻgʻil-qizlarimiz xorijdagi nufuzli oliygohlarda oʻqimoqda, ilm-fan bilan shugʻullanmoqda, yirik va yetakchi kompaniyalarda ish olib bormoqda. Biz ana shunday yuksak bilim va malakaga ega yoshlarimizni Vatanimizga kelib ishlashi uchun barcha sharoitlarni yaratib beramiz”, - dedi davlat rahbari.
Ularni rahbarlik lavozimlariga asosiy nomzod sifatida belgilash, uy-joy ajratish, munosib maosh toʻlash boʻyicha yangi tizim joriy etiladi.
Mirziyoyev yosh kadrlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va tarbiyalashga qaratilgan siyosat qatʼiy davom ettirilishini bildirdi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.11.2020
Jamiyat
Fikrlaringizni qoʻrqmasdan menga ayting - prezident Qarshida yoshlar bilan uchrashdi
Buning uchun, viloyat, tuman va shahar Kengashlari har yili hokim, vazir, idora va bank rahbarligiga kamida 2 nafardan yosh nomzodlar zaxirasini tasdiqlaydilar.
Joriy yildan boshlab bunday iqtidorli yoshlar “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan chet ellarda stajirovka oʻtaydi.
Shuningdek, xalqaro nufuzli reytinglarda minǵtalikka kirgan oliygohni tuggatgan va chet elda ilmiy ish qilgan yosh mutaxassislarga qoʻshimcha haq toʻlanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala