O‘zbekistonda “Kelajak liderlari” zaxira kadrlari shakllantiriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2021
Obuna bo‘lish
Har yili hokim, vazir, idora va bank rahbarligiga kamida 2 nafardan yosh nomzodlar zaxirasi tasdiqlanadi.
TOShKENT, 1 iyul — Sputnik. O‘zbekistonda iqtidorli yoshlar orasidan yangi avlod zaxira kadrlari – “Kelajak liderlari” shakllantiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar va talabalar forumida ma’lum qildi.
“Shu bilan birga, ko‘plab iqtidorli o‘g‘il-qizlarimiz xorijdagi nufuzli oliygohlarda o‘qimoqda, ilm-fan bilan shug‘ullanmoqda, yirik va yetakchi kompaniyalarda ish olib bormoqda. Biz ana shunday yuksak bilim va malakaga ega yoshlarimizni Vatanimizga kelib ishlashi uchun barcha sharoitlarni yaratib beramiz”, - dedi davlat rahbari.
Ularni rahbarlik lavozimlariga asosiy nomzod sifatida belgilash, uy-joy ajratish, munosib maosh to‘lash bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi.
Mirziyoyev yosh kadrlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va tarbiyalashga qaratilgan siyosat qat’iy davom ettirilishini bildirdi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.11.2020
Fikrlaringizni qo‘rqmasdan menga ayting - prezident Qarshida yoshlar bilan uchrashdi
Buning uchun, viloyat, tuman va shahar Kengashlari har yili hokim, vazir, idora va bank rahbarligiga kamida 2 nafardan yosh nomzodlar zaxirasini tasdiqlaydilar.
Joriy yildan boshlab bunday iqtidorli yoshlar “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chet ellarda stajirovka o‘taydi.
Shuningdek, xalqaro nufuzli reytinglarda minǵtalikka kirgan oliygohni tuggatgan va chet elda ilmiy ish qilgan yosh mutaxassislarga qo‘shimcha haq to‘lanadi.
Yangiliklar lentasi
0