Pensiyalar oshishi, shifokorlar uchun imtiyozlar: O‘zbekistonda 1-iyuldan nimalar o‘zgaradi?

© Foto : Gena96Kalendar s chislami
Kalendar s chislami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 1-iyuldan yoshiga doir eng kam pensiya miqdori 20%ga oshiriladi, davlat organlari xodimlarining xizmat avtomobillari uchun maxsus raqamlar joriy etiladi.
TOShKENT, 1-iyul - Sputnik. O‘zbekistonda qonunchiligida 1-iyuldan boshlab bir qator o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqida Adliya vazirligi quyidagilarni ma’lum qilmoqda.
Pensiya, nafaqa, subsidiyalar:
Pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi;
Olis va chekka hududlarda joylashgan bog‘chalarga subsidiyalar to‘lanadi;
Tibbiyot:
Onkologik va gematologik bemorlarning viloyatlardan respublika ixtisoslashtirilgan markazlariga kelish xarajatlari qoplab beriladi;
Bepul tibbiy yordam olish huquqini beruvchi order berish tizimi joriy etiladi;
“Hamshiralik ishi” bilan mustaqil shug‘ullanish uchun o‘rta tibbiyot mutaxassislariga o‘zini o‘zi band qilish asosida ruxsat beriladi;
Ish staji 5-yil bo‘lmagan oliy ma’lumotli tibbiyot xodimlarini nodavlat tibbiyot tashkilotlariga ishga qabul qilish bilan bog‘liq talablar davlat tibbiyot muassasalariga tenglashtiriladi;
Tadbirkorlik:
Asosiy faoliyati parrandachilik bo‘lgan tadbirkorlar uchun ayrim soliq stavkalari 50 foiz miqdorida qo‘llaniladi;
Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalariga berilgan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyalar taqdim etiladi;
Yangi quriladigan savdo maydoni 15 ming kvadrat metrdan ortiq savdo-ko‘ngilochar komplekslarida kinoteatr tashkil etish majburiy hisoblanadi;
“Masofaviy elektron deklaratsiyalash bojxona postlari” sinov tariqasida tashkil etiladi;
Soliq organlarida soliq to‘lovchilarning hisobini yuritish jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR)dan foydalangan holda amalga oshiriladi;
Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga respublika budjetidan tegishli miqdorda subsidiya ajratiladi;
Davlat boshqaruvi:
Mansabdor shaxslarning xizmat safarlari va xorijdan kelgan mehmonlarni kutib olish xarajatlari Ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtirilib boriladi;
Davlat organlarida xizmat avtotransportlari davlat raqami belgilarining yangi tipi joriy etiladi;
Shaxslarni profilaktik hisobga olishning elektron tizimi joriy etiladi;
Davlat organlarida ta’lim tashkilotlari o‘qituvchilarini shartnoma asosida jalb qilib, haftada kamida bir marotaba xodimlarni xorijiy tilga o‘qitish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga ajratiladigan tuman (shahar)lar budjetlari qo‘shimcha mablag‘larining eng kam miqdori 10 foizdan 30 foizga oshiriladi;
Rahbar va xodimlarning antropometrik ko‘rsatkichlarini reyting asosida tahlil qilish tizimi joriy etiladi;
Qonunchilikdagi ushbu va boshqa o‘zgarishlar bilan batafsil Huquqiy Axborot portalida tanishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0