Hodisalar

“Shoʻrtanneft” zavodida yongʻin: bir ishchi halok boʻldi

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Fotobankka oʻtishSotrudnik MCHS vo vremya tusheniya pojara
Sotrudnik MCHS vo vremya tusheniya pojara - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2021
“Shoʻrtanneft va gaz qazib chiqarish” zavodida yongʻin yuz berdi.
TOSHKENT, 1 iyul — Sputnik. FVV “Shoʻrtanneft va gaz qazib chiqarish” zavodida yuzaga kelgan vaziyat toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Bugun soat 13:05 da Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumani “Qorakoʻl” MFY joylashgan “Shoʻrtanneft va gaz qazib chiqarish” boshqarmasiga qarashli propan-butan aralashmasini olish tsexida yongʻin sodir boʻldi.
Pojarnыy MCHS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2021
Hodisalar
Toshkentdagi kafeda kuchli yongʻin yuz berdi
Viloyat FVV va “Shoʻrtanneftgaz” MCHJ, “Shoʻrtangazkimyo” majmuasining 10 ta yongʻin qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga yetib bordi.
“Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yongʻin toʻliq bartaraf etilgan.
Ammo, ushbu hodisa oqibatida korxonada faoliyat yuritgan 1 nafar fuqaro vafot etgan. Shuningdek, tsexning 2 nafar ishchi-xodimi yengil tan jarohati olib, ularga ambulator tibbiy yordami koʻrsatilgan hamda uyiga javob berildi”, - deyilgan xabarda.
Yongʻinning sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala