Rossiya

SSSR va Germaniyaning 2-jahon urushidagi rollarini tenglashtirish taqiqlanadi - RF yangi qonuni

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2021
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ikkinchi jahon urushida SSSR va fashistlar Germaniyasining roliga bir xil deb hisoblashni taqiqlovchi qonunni imzoladi.
TOSHKENT, 1 iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ikkinchi jahon urushida SSSR va fashistlar Germaniyasining roliga bir xil deb hisoblash, tenglashtirishni taqiqlashni nazarda tutilgan qonunni imzoladi. "Sovet xalqining 1941-1945 yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabasini abadiylashtirish toʻgʻrisida"gi farmonga oʻzgartirishlar kiritildi.
Hujjat huquqiy maʼlumotlarning rasmiy internet portalida eʼlon qilindi.
Translyatsiya pryamoy linii s prezidentom RF V. Putinыm - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2021
Rossiya
Putin boʻlajak Rossiya prezidenti haqidagi savolga javob berdi
Loyiha Madaniyat va sanʼat kengashi yigʻilishidan soʻng Putin tomonidan berilgan koʻrsatmalarga muvofiq tayyorlandi. Davlat Dumasining madaniyat boʻyicha qoʻmitasi rahbari Yelena Yampolskaya, quyi palata birinchi vitse-spikeri Aleksandr Jukov, shuningdek senator Aleksey Pushkov deputatlar koʻrib chiqish uchun hujjat loyihasini taqdim etishdi.
Hujjatning tushuntirish xatida yozilishicha, soʻnggi paytlarda ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Rossiyadagi, Sovet Ittifoqi rahbariyati, qoʻmondonligi va harbiy xizmatchilarining maqsadlari, qarorlari va harakatlari natsizm va vermaxt askarlari jinoyatlari bilan tenglashtirish, asossiz umumlashtiruvchi kamsituvchi bayonotlar muntazam nashr etilib, efirga uzatilmoqda.
"Biz Vatan himoyachilarining harakatlarini, uning ozodligi va mustaqilligi uchun kurashda jonini berganlarning harakatlarini, xaloskor-askarlar harakatlarini bosqinchi askarlarning harakatlari, xalqlarni yoʻq qilishga qaratilgan, Xalqaro harbiy tribunalning Yevropa mamlakatlarining asosiy harbiy jinoyatchilarini sudlash va jazolash toʻgʻrisidagi hukmiga muvofiq jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxslar (Nyurnberg tribunali) bilan aralashtirish va (yoki) tenglashtirish qatʼiyan nomaqbul deb hisoblaymiz", - deb taʼkidlagan loyiha mualliflari.
Ularning fikriga koʻra, bu qonun sovet xalqining qahramonligini pasaytirib, siyosiy obroʻ topishga yoʻl qoʻymaydi. Shu bilan birga, mavzu boʻyicha ilmiy munozaralar va ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish imkoniyati saqlanib qolinadi.
Ushbu qonunni buzganlik uchun sanktsiyalar hozircha belgilanmadi.
Germaniya 1941 yil 22 iyunda SSSRga hujum qildi. Urush 1418 kun davom etdi va fashistik blok mamlakatlarining magʻlubiyati bilan yakunlandi. 26,6 million sovet fuqarosi qurbon boʻldi, bu Ikkinchi Jahon urushidagi barcha talofatlarning 40 foizini tashkil qiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala