"Tolibon" Ahmad Shox Mas’ud uyini egallab oldi

© AP / Allauddin KhanBoyeviki dvijeniya Taliban*
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2021
Obuna bo‘lish
Garchi ushbu g‘alaba - harbiy jihatdan unchalik salmoqli bo‘lmasada, ammo imidj jihatdan o‘ta ulkandir, deb yozadi nashr.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Toliblar otradi shimoliy Tohar provinsiyasida Farhor tumanida Ahmad Shoh Mas’udga tegishli "Chamani Xustdex" tarixiy qarorgohini egallab oldi.
Tarixiy binoni egallab olgach, toliblar namoyishkorona unda majlis o‘tkazdilar, deb xabar qilmoqda Sputnik Blijnee zarubejye.
Garchi ushbu g‘alaba - harbiy jihatdan unchalik salmoqli bo‘lmasada, ammo imidj jihatdan o‘ta ulkandir, deb yozadi nashr.
Afg‘onistonning milliy qahramoni Ahmad Shoh Mas’ud kelib chiqishi tojik bo‘lgan va umrining so‘nggi yillarida toliblarga, "Al-Qoida" emissarlariga va boshqa terroristik uyushmalarga qarshilik ko‘rsatish yetakchisi bo‘lgan va aynan ular qo‘lida vafot etgan.
"Chamani Xustdex" qarorgohi Ahmad Shoh Mas’ud o‘z shtab-kvartirasi sifatida foydalangan tayanch nuqtalaridan biri bo‘lgan.
Qarorgohdan ayni vaqtda muzey sifatida foydalanib kelingan: unda ko‘plab artefaktlar va esdalik narsalar saqlangan. Agar toliblar binoni talon-taroj qilish yoki yo‘q qilish qarorini qabul qilsa, Afg‘oniston nafaqat obro‘ jihatdan, balki madaniy jihatdan katta yo‘qotishga yuz tutadi.
Yangiliklar lentasi
0