Toshkent aeroporti estakadasi: qoidalar, to‘lov va jarima

© Ministerstvo transporta UzbekistanaEstakada Tashkentskogo aeroporta
Estakada Tashkentskogo aeroporta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2021
Obuna bo‘lish
Toshkent xalqaro aeroporti estakadasi 10-iyuldan test rejimida ochiladi.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Toshkent xalqaro aeroporti estakadasi 10-iyuldan test rejimida ochiladi.
Uzbekistan Airports kompaniyasi poytaxt aeroportidan uchayotgan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida Toshkent xalqaro aeroporti terminali estakadasini ochishni ma’lum qildi.
Boing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2021
“Uzbekistan Airways” samolyotlari yana “Domodedovo” aeroportiga qo‘na boshladi
Estakada bo‘ylab avtotransport vositalari harakati 2021-yil 10-iyuldan test rejimida ishga tushadi.
Bunda,
Toshkent xalqaro aeroporti bilan shartnoma imzolagan litsenziyaga ega taksilar;
O‘zbekiston Turizm va sport vazirligining arizasiga ko‘ra, turistik avtobuslar hamda mikroavtobuslar;
VIP va Business Lounge orqali xizmat ko‘rsatiladigan xorij delegatsiyalari avtotransport vositalariga estakada bo‘ylab harakatlanishga ruxsat beriladi.
Toshkent xalqaro aeroportiga estakada orqali o‘tish qoidalari:
- Estakadaning o‘ng liniyasi turistik avtobuslar va mikroavtobuslar uchun mo‘ljallangan;
- Estakadaning chap liniyasi taksilar harakati uchun mo‘ljallangan;
- Turistik avtobus va mikroavtobuslar uchun estakada bepul, harakatlanish hamda yo‘lovchilarni qisqa muddatda tushirish vaqti 10 daqiqadan oshmaydi, belgilangan vaqtdan o‘tib ketsa, har 10 daqiqa uchun to‘lov undiriladi;
- Taksilar uchun estakada bo‘ylab bepul harakatlanish hamda yo‘lovchilarni qisqa muddatda tushirish vaqti 5 daqiqadan oshmaydi, belgilangan vaqtdan o‘tib ketsa, har 5 daqiqa uchun to‘lov undiriladi;
- O‘ng va chap liniyalarni ajratib turuvchi sariq chiziqni bosish taqiqlanadi va uni bosish qoidabuzarlik hisoblanib, jarimaga sabab bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0