Iqtisod

Toshkent uchun elektrobus xarid qilishga ikkita xalqaro tashkilot 3,9 mln dollar ajratadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovElektrobus na zaryadke
Elektrobus na zaryadke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2021
6 yil muddatga moʻljallangan loyihaga ikki xalqaro donor - BMT Taraqqiyot dasturi va Global ekologiya jamgʻarmasi tomonidan 3,9 mln dollar ajratilishi koʻzda tutilgan.
TOSHKENT, 1 iyul — Sputnik. BMT Taraqqiyot Dasturi va Global ekologiya jamgʻarmasi koʻmagida va “Atmosferaga zararli moddalarni kam chiqaruvchi avtotransport vositalariga investitsiyalar jalb qilishni jadallashtirish” dasturi doirasida Toshkent shahri uchun elektrobuslar xarid qilinadi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ushbu loyiha Toshkent shahri misolida shahar jamoat transportida elektrotransportdan jadal ravishda foydalanishni joriy etish yoʻli bilan atrof — muhit sifatini yaxshilashga yoʻnaltirilgan boʻlib, ushbu tajriba Oʻzbekistonning boshqa shaharlarida ham joriy etilishi mumkin.
“Loyiha doirasida Toshkent shahri jamoat transporti uchun elektrobuslarni xarid qilish hamda pilot loyiha tariqasida shaharda "yashil transport yoʻlagini" joriy etish rejalashtirilgan. Olti yil muddatga moʻljallangan loyihaga donorlar BMT Taraqqiyot dasturi va Global ekologiya jamgʻarmasi tomonidan 3,9 mln dollar mablagʻ ajratilishi koʻzda tutilgan”, - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning oktyabr oyida Transport vazirligi Toshkent shahri uchun 300 dona elektrobus sotib olish toʻgʻrisidagi Vazirlar mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qoʻygan edi. Hujjat bilan 3 yil ichida xarid qilinadigan transportlarning umumiy qiymati 1 trln soʻm atrofida boʻlishi nazarda tutilgan edi.
V Tashkente nachalos testirovaniye kitayskogo elektrobusa Yutong. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.03.2020
Jamiyat
Poytaxtda yana bir elektrobus sinovdan oʻtmoqda
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala