Jamiyat

Toshkentda Rossiya tibbiyot universiteti filiali ochiladi

© Sputnik / Yuriy ArtamonovPamyatnik osnovopolojniku voyenno-polevoy xirurgii Nikolayu Ivanovichu Pirogovu v Moskve
Pamyatnik osnovopolojniku voyenno-polevoy xirurgii Nikolayu Ivanovichu Pirogovu v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2021
Toshkentda Rossiya taʼlim standartlariga muvofiq rus tilida dars oʻtiladigan tibbiyot universiteti filiali ochildi.
TOSHKENT, 30 iyun – Sputnik. Kelgusi oʻquv yilidan boshlab Toshkentda N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universitetining filiali ochiladi. Bu haqida 28 iyun kuni imzolangan prezident qarorida aytib oʻtilgan.
Filial taʼlim faoliyatini 2022/2023 oʻquv yilidan boshlaydi;
Taʼlim Rossiya standartlariga muvofiq, rus tilida olib boriladi;
Oʻquv dasturi Pirogov nomidagi RMTTU tomonidan tasdiqlanadi;
Filial bitiruvichlariga Oʻzbekiston oliy taʼlimi namunasidagi diplom beriladi;
Filial Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli koʻchasi, 103-uy manzilida joylashgan Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasi bino va inshootlariga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi;
Qabul parametrlari Vasiylik kengashi tomonidan mavjud talab asosida shakllantiriladi;
Filial bitiruvchilari davlat tibbiy muassasalarida kamida 5 yil ishlash sharti bilan ishga taqsimlanadi;
Filialga oʻqishga qabul qilinadigan talabalardan 40 % - grant asosida oʻqitiladi;
2021-2022 oʻquv yilida SSV taklifga binoan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi hisobida 35 nafar oʻzbekistonlik talabalar grant asosida Rossiyadagi Pirogov nomidagi RMTTUda ordinatura dasturlari boʻyicha oʻqitiladi;
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda Pirogov nomidagi Rossiya MTTUning filialini ochish haqida may oyining oxirida Rossiya sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko boshchiligidagi delegatsiya tashrifi davomida kelishib olingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala