Toshkentda Rossiya tibbiyot universiteti filiali ochiladi

© Sputnik / Yuriy ArtamonovPamatnik osnovopolojniku voyenno-polevoy xirurgii Nikolayu Ivanovichu Pirogovu v Moskve
Pamatnik osnovopolojniku voyenno-polevoy xirurgii Nikolayu Ivanovichu Pirogovu v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2021
Obuna bo‘lish
Toshkentda Rossiya ta’lim standartlariga muvofiq rus tilida dars o‘tiladigan tibbiyot universiteti filiali ochildi.
TOShKENT, 30-iyun – Sputnik. Kelgusi o‘quv yilidan boshlab Toshkentda N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universitetining filiali ochiladi. Bu haqida 28-iyun kuni imzolangan prezident qarorida aytib o‘tilgan.
Filial ta’lim faoliyatini 2022/2023 o‘quv yilidan boshlaydi;
Ta’lim Rossiya standartlariga muvofiq, rus tilida olib boriladi;
O‘quv dasturi Pirogov nomidagi RMTTU tomonidan tasdiqlanadi;
Filial bitiruvichlariga O‘zbekiston oliy ta’limi namunasidagi diplom beriladi;
Filial Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 103-uy manzilida joylashgan Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi bino va inshootlariga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi;
Qabul parametrlari Vasiylik kengashi tomonidan mavjud talab asosida shakllantiriladi;
Filial bitiruvchilari davlat tibbiy muassasalarida kamida 5-yil ishlash sharti bilan ishga taqsimlanadi;
Filialga o‘qishga qabul qilinadigan talabalardan 40 % - grant asosida o‘qitiladi;
2021-2022 o‘quv yilida SSV taklifga binoan “El-yurt umidi” jamg‘armasi hisobida 35 nafar o‘zbekistonlik talabalar grant asosida Rossiyadagi Pirogov nomidagi RMTTUda ordinatura dasturlari bo‘yicha o‘qitiladi;
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Pirogov nomidagi Rossiya MTTUning filialini ochish haqida may oyining oxirida Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko boshchiligidagi delegatsiya tashrifi davomida kelishib olingan edi.
Yangiliklar lentasi
0