Siyosat

Abdulaziz Kamilov AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashdi

© REUTERS / KEN CEDENOEntoni Blinken vstretilsya s Abdulazizom Kamilovыm, 1 iyunya 2021
Entoni Blinken vstretilsya s Abdulazizom Kamilovыm, 1 iyunya 2021  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.07.2021
TIV rahbaralari uchrashuvida Entoni Blinken AQSH Oʻzbekiston bilan strategik hamkorlikni chuqurlashtirish istagida ekanini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 2 iyul – Sputnik. Kecha, 1 iyul kuni Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda AQSH tashqi ishlar muassasi.
AQSH Davlat kotibi Oʻzbekiston tomonidan uzoq vaqt davomida amalga oshirilayotgan, Afgʻonistonda ishonchli tinchlik oʻrnatishga qaratilgan saʼy-harakatlar uchun Abdulaziz Kamilovga minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek Oʻzbekistonning Afgʻoniston bilan siyosiy va iqtisodiy yoʻnalishda hamkorlik qilishga qaratayotgan eʼtiborini qoʻllab-quvvatladi va ushbu ishlar kelajakda Markaziy va Janubiy Osiyoga faravonlik olib kelishiga hissa qoʻshishiga ishonch bildirdi.
Uchrashuv davomida Blinken bu yil AQsh va Oʻzbekiston diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yillligini nishonlashini hamda AQSH Oʻzbekiston bilan strategik hamkorlikni chuqurlashtirish istagida ekanini maʼlum qildi.
Shuningdek davlat kotibi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni, jumladan inson huquqlari va demokratiya mustahkamlanishini qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi.
Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.06.2021
Siyosat
Abdulaziz Kamilov: Tolibon – terrorchi tashkilot emas
Undan tashqari Entoni Blinken Oʻzbekistonning Markaziy Osiyoda oʻzaro munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan tashabbuslarini yuqori baholadi va AQSH hamda Oʻzbekistonning S5+1 formatidagi faol hamkorligini qayd etib oʻtdi.
Eslatib oʻtamiz, Toshkentda 15-16 iyul kunlari Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil qilingan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagigi yuqori darajali xalqaro anjuman boʻlib oʻtadi.
Unda barcha Markaziy Osiyo davlatlari, Afgʻoniston va Pokiston, AQSH va boshqa davlat vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Anjumanning asosiy mavzulari - Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish hamda hududiy xavfsizlik masalalarilir.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala