Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Abdulla Abdulla: toliblar muzokaralarga xohlamay bormoqda, ammo janglarda faol

© Sputnik / Amir IsayevPredsedatel Vыsshego soveta natsionalnogo primireniya Afganistana Abdulla Abdulla
Predsedatel Vыsshego soveta natsionalnogo primireniya Afganistana Abdulla Abdulla - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.07.2021
"Tolibon"* bilan tinchlik muzokaralarida Afgʻoniston delegatsiyasi rahbari mamlakatdagi vaziyatga oid umidsiz xulosalarni berdi
TOSHKENT, 2 iyul - Sputnik. Afgʻoniston Milliy yarashuv boʻyicha Oliy Kengashining raisi Abdulla Abdulla "Tolibon"* bilan tinchlik muzokaralari qanday holatda ekanligi haqida gapirdi.

Prezident saroyida boʻlib oʻtgan Hukmron partiya yigʻilishida Abdulla Abdulla Afgʻonistonning xavfsizligi va birligi tahdid ostida qolayotganini aytdi.
Prezident Afganistana Moxammad Ashraf Gani  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2021
Siyosat
Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani iyulda Toshkentga keladi
"Mamlakatdan chet el qoʻshinlari chiqarilishi bilan urush yanada avj oldi. Afsuski, toliblar chet el qoʻshinlarining chiqarilishi ayrim viloyatlarda vakuumni yuzaga keltirganidan foydalanib qoldilar", - dedi siyosatchi.
U shuningdek, garchi ikkala tomon ham Doxada muloqotda boʻlib turgan boʻlsa-da, tinchlik muzokaralarida soʻnggi vaqtlarda qandaydir oldinga siljish boʻlmayotganini qoʻshimcha qildi.
"Toliblar muzokaralarda juda sekin qadamlarni amalga oshirishmoqda, ammo jang maydonidagi harakatlarini faollashtirishgan. "Tolibon"ning tinchlik borasida xohish va istagi yoʻq, degan xavf ham yoʻq emas. Bu xatar kundan-kunga ortib bormoqda", - deb bayonot qildi doktor Abdulla.
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
"Tolibon" Ahmad Shox Masʼud uyini egallab oldi
Afgʻoniston milliy yarashuv Oliy kengashi rahbari AQSH va NATOning mamlakatdan qoʻshinlarni chiqarishi urush yanada ziddiylashishiga olib kelganini tan olishga majbur boʻldi.
"Biz chin koʻngildan tinchlikni xohlaymiz, ammo biz hozir shunday bir vaziyatdamizki, biz tinchlik haqida gapirayotgan bir mahalda, toliblar bu orada Afgʻoniston poytaxtiga yaqinlashib kelmoqda", - dedi u.
Abdulla Abdulla ziddiyatning keskin tus olishidan mintaqadagi birorta davlat manfaatdor emasligi, qoʻshni davlatlar esa mustahkam tinchlik oʻrnatilishida Afgʻonistonni qoʻllab-quvvatlashiga ishonch bildirdi.
* Rossiyada va boshqa qator mamlakatlarda taʼqiqlangan terroristik tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala