Siyosat

Kamilov Pentagon rahbari bilan Afgʻonistonni qoʻllab-quvvatlash masalasini muhokama qildi

© David B. GleasonShtab-kvartira Ministerstva oboronы SSHA
Shtab-kvartira Ministerstva oboronы SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.07.2021
Oʻzbekiston delagatsiyasi rahbari sifatida kelgan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan uchrashuv oʻtkazdi.
TOSHKENT, 2 iyul — Sputnik. 1 iyul kuni Vashington shahriga Oʻzbekiston delagatsiyasi rahbari sifatida kelgan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan uchrashuv oʻtkazdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati.
© MID UzbekistanaMinistr inostrannыx del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov, pribыvshiy v g.Vashington vo glave delegatsii Uzbekistana, provel vstrechu s Ministrom oboronы Soyedinennыx Shtatov Ameriki Lloydom Ostinom
Ministr inostrannыx del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov, pribыvshiy v g.Vashington vo glave delegatsii Uzbekistana, provel vstrechu s Ministrom oboronы Soyedinennыx Shtatov Ameriki Lloydom Ostinom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.07.2021
Ministr inostrannыx del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov, pribыvshiy v g.Vashington vo glave delegatsii Uzbekistana, provel vstrechu s Ministrom oboronы Soyedinennыx Shtatov Ameriki Lloydom Ostinom
Uchrashuv chogʻida Pentagon rahbari vazir Abdulaziz Kamilovni Oʻzbekiston Mustaqilligining 30 yilligi bilan tabrikladi.
Afganskiy voyennыy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.07.2021
Dunyoda
Tojikiston, Qozogʻiston va Oʻzbekiston: AQSH 9 ming afgʻonni vaqtincha joylashtirishni soʻramoqda
"Muzokaralarda mudofaa yoʻnalishidagi, mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash, umumiy tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish kabi sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
Turli darajalar va yoʻnalishlardagi muntazam muloqot sababli soʻnggi yillarda Oʻzbekiston-Amerika aloqalari ijobiy oʻsish suratlarini kasb etayotganligi, amaliy mazmun bilan boyib borayotgani qayd etildi.
AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Afgʻonistonda vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi xalqaro saʼy-harakatlarning Oʻzbekiston tomonidan koʻp yillardan buyon qoʻllab-quvvatlanayotganligini hamda ushbu mamlakat iqtisodiyotini qayta tiklash va uning Markaziy Osiyo mintaqasiga integratsiyasiga koʻmaklashishga tayyorligini olqishladi", - deyilgan bayonotda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala