Dunyoda

"Meni kechir quyoshginam": qarilikdan vafot etgan 10 yashar qizaloqqa onaizor maktubi

© Sputnik / Fotobankka oʻtish
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.07.2021
Qizaloq progeriyadan - oʻta noyob genetik bedavo kasallikdan aziyat chekkan - bu dard shuningdek, Xatchinson-Gilford sindromi sifatida ham mashhur.
TOSHKENT, 2 iyul - Sputnik. Ukrainaning Vinnitsk viloyatidan boʻlgan oʻn yashar qizaloq Ira Ximich qarilikdan vafot etdi. Qizaloqning oʻlimi haqida uning onasi Facebook ijtimoiy tarmogʻida xabar qoldirgan.
"Irochka dunyodan koʻz yumdi. Kecha uning yuragi urishdan toʻxtadi. Meni kechir, quyoshim, bu safar seni qutqara olmadim", — deb yozgan ayol.
Qizaloq progeriyadan - oʻta noyob genetik bedavo kasallikdan aziyat chekkan - bu dard shuningdek, Xatchinson-Gilford sindromi sifatida ham mashhur.
Mujchina s golыm torsom. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.02.2021
Qorindagi dam oxiri oʻlim bilan tugaydigan kasallik belgisi boʻlishi mumkin
Ushbu kasallikka chalinganlarda organizmdagi qarish jarayoni tufayli teri va ichki aʼzolar oʻzgarishi yuz beradi - chaqaloq bir necha oy davomida normal rivojlanib, soʻngra undagi qarish alomatlari tezlashib ketadi.
Bolalar progeriyasi tugʻma boʻlishi mumkin boʻlsa-da, aksariyat bemorlarda klinik belgilar odatda 2-3 yoshda namoyon boʻla boshlaydi. Bunda bola oʻsishi birdan susayadi, derma, teriosti hujayralari, ayniqsa yuz va oyoqlarda atrofik oʻzgarishlar qayd etiladi.
Teri yupqalashadi, ajinsimon tusga kiradi, bemor tishlari, sochlari va tirnoqlarida distrofik jarayonlar boshlanadi.
Progeriyadan aziyat chekuvchilar bir yil ichida biologik jihatdan oʻn yilga qarishlari mumkin. Bolalar progeriyasida oʻrtacha umr davomiyligi - 13 yoshni tashkil etadi.
Irinaga bu tashxis u 5 yoshga toʻlganida qoʻyilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala