Dunyoda

Nazarboyev nega ishlardan chetlasha olmasligini tushuntirdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishGlava Soveta bezopasnosti Kazaxstana i predsedatel pravyaщey partii "Nur Otan" Nursultan Nazarbayev
Glava Soveta bezopasnosti Kazaxstana i predsedatel pravyaщey partii Nur Otan Nursultan Nazarbayev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.07.2021
Nazarboyev uning yoshida inson ishlardan chetlashishni istashini, ammo u bunday qila olmasligini aytdi
TOSHKENT, 1 iyul - Sputnik. Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev u hozir barcha ishlardan chetlashishni istaydigan bir yoshda ekanligini, ammo nima sababdan bunday qila olmasligi haqida gapirdi.
"Rostini aytganda, meni yoshimda inson hamma narsadan chetlashishni istaydi, ammo bunday qila olmayman, nega deganda maktublar yozishadi, uchrashishni istashadi va shunday ekan, ishlashimga toʻgʻri keladi, maktublar xalqaro miqyosda va oʻzimizdan keladi, bu yaxshi, albatta. Miya ishlashi uchun yana nima bilandir shugʻullanish kerak… Biz shunday hayot kechiramizki, miyamizning yarmi ishlaydi, chap qoʻl bilan ishlashni boshlang - ikkinchi yarmi ham ishga tushadi", - dedi Nazarboyev "Portretga chizgilar" hujjatli filmi davomida. Film payshanba kuni mamlakatning "Xabar" davlat telekanali orqali namoyish etilgan.
Prezident Rossii Boris Yeltsin (sleva) i prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev na press-konferentsii posle podpisaniya deklaratsii ob obrazovanii Sodrujestva Nezavisimыx Gosudarstv - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.12.2020
Siyosat
Nazarboyev: men Turkiston davlatlari ittifoqini tuzish gʻoyasidan bosh tortgan edim
Qozogʻistonni qariyb 30 yil davomida boshqargan Nazarboyev 2019 yilning 20 mart sanasida prezidentlik vakolatlarini oʻzidan sokit qilgan, ammo Xavfsizlik kengashi rahbari va "Nur Otan" hukumat partiyasi yetakchisi lavozimlarini saqlab qolgandi.
2021 yilning aprelida Nazarboyev Qozogʻiston xalqi Assambleyasi lavozimini tark etish va bu vakolatlarni respublikaning amaldagi rahbariga topshirish qarori haqida eʼlon qildi. Nazarboyev ushbu organning faxriy raisi boʻlib qoldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala