Jamiyat

Oʻzbekistonda odam savdosi kamaydi – AQSH

CC0 / Pixabay / Nasiliye, arxivnoye foto
Nasiliye, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.07.2021
Soʻnggi yil davomida Oʻzbekistonda odam savdosi va majburiy mehnat kabi jinoyatlar boʻyicha vaziyat ancha yaxshilangan.
TOSHKENT, 2 iyul — Sputnik. AQSH Davlat Departamenti eʼlon qilgan hisobotga koʻra, Oʻzbekistonda 2020 yilda odam savdosi holatlari kamaygan.
Xususan, Respublika odam savdosi boʻyicha umujahon antireytingida 3- oʻrindan 2 –oʻringa (Tier2) koʻtarilgan.
Qoʻshni davlatlar orasida Afgʻoniston toʻrtinchi (Tier3), Pokiston uchinchi “Tier2 watchlist” – oʻrinlarni egallagan. Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston – ikkinchi oʻrinni egallashgan.
© GosDep SSHATorgovlya lyudmi i rabstvo v TSA
Torgovlya lyudmi i rabstvo v TSA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.07.2021
Torgovlya lyudmi i rabstvo v TSA
Tadqiqotchilar aytishiga qaraganda, Oʻzbekistonda qonunchilik takomillashtirilishi, Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi Milliy komissiya faoliyati tufayli - ushbu jinoyat turi boʻyicha vaziyat ancha yaxshilangan.
Lekin haligacha, ayrim hududlarda paxta va fermer dalalarida majburiy mehnat holatlari, koʻcha tozalashlarda oʻqituvchi va shifikorlarn ishlatish, Rossiya va Suriya hududlarida Oʻzbekiston fuqarolarining majburiy mehnat va jinsiy qullikka jalb qilish holatlari saqlanib qolmoqda, - deyilgan hisobotda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala