Jamiyat

Oʻzbekistonda rusiyzabon veteran-jurnalistlar kengashini tuzish taklif etildi

SMI na press-konferentsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.07.2021
Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi soʻzlariga koʻra, ushbu taklifni bugungi kunda pensiya yoshida boʻlgan rusiyzabon jurnalistlar xayrixohlik bilan kutib olishgan.
TOSHKENT, 2 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Olimjon Oʻsarov rusiyzabon veteran-jurnalistlar kengashini tashkil etish taklifi bilan chiqdi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
"Bugun mamlakatimizda rus tilida ijod qiladigan juda koʻplab jurnalistlar bor, ular orasida keksalik gashtini surayotganlari ham koʻp. Mana shunday hamkasblarimizga doimiy muloqot maydonini yaratish maqsadida Rossiyada ijod qilayotgan hamyurtimiz, tarixchi Fyodor Razzaqov bilan Toshkentda oʻtkazilgan uchrashuv davomida ushbu taklifni bildirdim", - dedi Oʻsarov.
Bugungi kunda Jurnalistlar ijodiy uyushmasi huzurida 10ga yaqin kengashlar oʻz faoliyatini olib boradi: sud-huquq masalalari boʻyicha, yosh jurnalistlar boʻyicha kengashlar shular jumlasidan. Pensiya yoshidagi rusiyzabon jurnalistlar kengashini tashkil qilishdan maqsad esa - nafaqa yoshida boʻlgan va bugun uyda oʻtirgan jurnalistlarning muloqot maydonini yaratish.
Xokim goroda Kokanda Maruf Usmonov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.06.2021
Turizm
“Ekstravagant qaror”: hokim Maʼruf Usmonov kutilmaganda xorijiy jurnalistlarga gid boʻldi
Ammo, bu hozircha taklif xolos, bu boʻyicha taʼsis yigʻilish amalga oshirilgani yoʻq, deya aniqlik kiritdi Oʻsarov.
Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi ushbu taklifni bugungi kunda pensiya yoshida boʻlgan rusiyzabon jurnalistlar xayrixohlik bilan kutib olishganini qoʻshimcha qiladi.
"Ulardan "yaxshi taklif, bizni anchadan beri hech kim soʻramay qoʻygan edi. Toʻgʻrisi, bugungi kun jurnalistikasidan ancha uzoqlashib qolgan edik", degan fikrlarni eshitdim. Oʻzbekistonda jurnalistika yoʻnalishida rus tilida saboq oladigan talabalarimiz bor. Bu kengash aʼzolari bilan mana shu talabalar uchrashuvlarini tashkil qilish, veteran-jurnalistlarimizning ijod kechalarini oʻtkazish yoki boʻlmasa ularning mahorat maktablarini tashkil qilish rejamizda bor", - deya istiqboldagi rejalar bilan oʻrtoqlashdi suhbatdosh.
Komil Allamdjonov i Saida Mirziyoyeva posetili pochetnogo jurnalista - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.12.2020
Jamiyat
Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva faxriy jurnalist holidan xabar olishdi
Oʻsarov, veteran-jurnalistlar oʻzlariga shogird tayyorlash imkoniyatiga ega boʻlishlarini qoʻshimcha qildi.
"Ocherk yozish boʻyicha ancha yillar ilgari juda mashhur boʻlgan jurnalistlarimiz bor. Ular oʻz maktabini yaratishi va ocherkshunos jurnalistlarni tayyorlashi mumkin. Felyeton yozadigan jurnalistlarni tayyorlashsa ham juda yaxshi boʻlardi", - dedi Oʻsarov va oʻz "mahorat maktabini tashkil qilgan veteran-jurnalistlarga Jurnalistlar ijodiy uyushmasi tomonidan oylik maosh ham toʻlab berilishi koʻzda tutilayotganini qayd etdi.
Oliy maqsad esa, veteran-jurnalistlarimizning ijtimoiy faolligini oshirishdir, dedi oʻz soʻzi yakunida Oʻsarov.
Olimjon Oʻsarov (1973 y.t.) Oʻzbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini (1996), Toshkent Davlat yuridik institutining sud-prokurorlik fakultetini (2002) tamomlagan.
U Oliy Majlis Qonunchalik palatasi deputati, Oliy sud axborot xizmati rahbari lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. U shu paytga qadar "Nuroniy" gazetasi bosh muharriri sifatida ishlab kelayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala