Jamiyat

Oʻzbekistonda TikTok, "VKontakte" va Twitter'dan foydalanish cheklandi

© AFP / Drew AngererPrilojeniye TikTok
Prilojeniye TikTok - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.07.2021
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga qonunga zid ravishda ishlov berayotgan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish cheklandi.
TOSHKENT, 2 iyul — Sputnik. “Oʻzkomnazorat” bayonotiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga qonunga zid ravishda ishlov berayotgan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish cheklandi.
TikTok - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.01.2021
Dunyoda
Hindistonda TikTok umrbodga bloklandi
“Oʻzbekiston Respublikasi “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonunining 271-moddasi talablariga zid ravishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berilayotgani uchun ayrim ijtimoiy tarmoqlar 2021 yil 2 iyuldan “Shaxsga doir maʼlumotlar subʼyektlari huquqlarini buzuvchilar reyestri”ga kiritildi va internet tarmogʻida mazkur resursdan Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish oʻrnatilgan tartibda, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar cheklandi”, – deyiladi rasmiy axborotda.
Qaysi tarmoqlar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritilmagan.
Bugun ertalabdan Oʻzbekiston aholisi Twitter, TikTok, Skype va "Vkontakte" platformalariga kirishda muammolarga duch kelmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston Facebook Inc Google, Mail.ru, Microsoft Skype, Telegram, Tencent Wechat, TikTok, Twitter va Yandex kompaniyalariga serverlarini mamlakatga koʻchirishga oid talabnomalar yuborgan edi. Mazkur tartib 16 apreldan oʻrnatilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala