Dunyoda

Rossiya TIV Afgʻonistondan AQSH qoʻshinlari olib chiqilishi yuzasidan bayonot berdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishZdaniye Ministerstva inostrannыx del RF
Zdaniye Ministerstva inostrannыx del RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.07.2021
Afgʻonistondan AQSH qoʻshinlarini olib chiqish NATOning MOda qaytadan joylashtirishga aylanmasligi kerak - RF TIV.
TOSHKENT, 2 iyul — Sputnik. Afgʻonistondan AQSH qoʻshinlarini olib chiqish jarayoni AQSH va NATO infratuzilmasini Markaziy Osiyo davlatlariga qaytadan joylashtirishga aylanmasligi kerak, dedi Zamir Kabulov, Rossiya prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Osiyoni ikkinchi departamenti direktori.

"Bu jarayon, aytganday, AQSH va NATO harbiy infratuzilmasining Afgʻoniston Islom Respublikasining qoʻshni davlatlariga, ayniqsa Markaziy Osiyoga qaytadan joylashtirishga aylanib ketishi mumkin emas va aylanmasligi kerak. Biz bunday signal allaqachon turli darajalarda Vashingtonga yuborganmiz, umid qilamanki u eshitiladi", - dedi u Kabulov.

Avvalroq AQSH administratsiyasi Afgʻonistondagi qoʻshinlarini ittifoqchilar bilan kelishilgan holda 1 mayda boshlab, 11 sentabrga qadar olib chiqib ketishini maʼlum qilgandi.
Amerikanskiye voyennыe na yugo-vostoke Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Hafta oxirigacha AQSH shoshilinch ravishda Afgʻonistondan oʻz qoʻshinlarini olib chiqadi
AQSH va NATO boʻyicha ittifoqchilari 2001 yilda Afgʻonistonda harbiy operatsiyani boshlagandi. Harbiy amaliyot 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktga javoban "Yengilmas ozodlik" kampaniyasi doirasida amalga oshirildi. 2014 yilda Afgʻoniston, AQSH va NATO ittifoqchilarga Afgʻonistonda cheklangan harbiy kuchni saqlashga imkon beruvchi xavfsizlik toʻgʻrisidagi bitimni imzoladilar. 2015 yil 1 yanvardan boshlab jangovar operatsiya "Qatʼiy qoʻllab-quvvatlash" jangovar boʻlmagan missiyasi bilan almashtirildi.
"Hozirgi qiyin vaziyatdan chiqishning yagona yoʻli - bu mamlakatdagi barcha yirik etnik-siyosiy kuchlar, shu jumladan “Tolibon”* harakati vakillari ishtirokida yangi koalitsion hukumatni tuzish, deb hisoblaymiz. Biroq afgʻon tomonlari oʻzlari kelishishi kerak", - dedi Kabulov.
Uning soʻzlariga koʻra, "xalqaro hamjamiyat tegishli koʻmakni beradi, chunki afgʻonlar hozircha muvaffaqiyatga erisha olmayapti, ammo kelajakdagi hukumat tuzilmasi konfiguratsiyasi va parametrlari toʻgʻrisida yakuniy qarorni oʻzlari qabul qilishadi".
Afganskiy voyennыy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.07.2021
Dunyoda
Tojikiston, Qozogʻiston va Oʻzbekiston: AQSH 9 ming afgʻonni vaqtincha joylashtirishni soʻramoqda
"Ishonamizki, kuzga kelib jangarilar lageridagi “qaynoq boshlar” tinchlanadi, yana muzokara jarayonini boshlash uchun qulay fursat keladi", - deb qoʻshimcha qildi yuqori martabali diplomat.
Kabulovning soʻzlariga koʻra, Rossiya Federatsiyasi yaqin kelajakda "kengaytirilgan uchlik" (Rossiya, AQSH, Xitoy va Pokiston) formatida Afgʻoniston boʻyicha muzokaralarning navbatdagi raundi chaqirilishini istisno etmaydi.
"Rossiya, AQSH, Xitoy va Pokiston ishtirokida kengaytirilgan uchlik formatida birgalikda ishlashni davom ettirmoqdamiz. Yaqin kelajakda uning navbatdagi raundini chaqirishni istisno etmaymiz. Bundan tashqari, Moskva formatidagi navbatdagi uchrashuvni tashkil etish imkoniyati yodimizda, maʼlumki, Afgʻoniston atrofidagi mintaqa barcha davlatlarini, shuningdek AQShni birlashtiradi", - dedi Kabulov.
Uning soʻzlariga koʻra, "BMT, xususan, Xavfsizlik Kengashi mexanizmlarini qoʻllash, bizning nazarimizda, keyinroq bosqichda - afgʻon tomonlari tinchlik bitimini imzolashga kelganida maqsadga muvofiq boʻladi".
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala