Jamiyat

Toshkentda kovidga chalingan bemorlarni taqsimlovchi markazlar qaytadan ochilmoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaStroitelstvo spetsializirovannoy mnogoprofilnoy bolnitsы v Zangiatinskom rayone Tashkentskoy oblasti
Stroitelstvo spetsializirovannoy mnogoprofilnoy bolnitsы v Zangiatinskom rayone Tashkentskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.07.2021
Beshinchi iyul, dushanba kuni "Oʻzekspomarkaz"da koronavirusga chalingan bemorlarni qabul qilish markazi faoliyati ham qayta tashkil etiladi.
TOSHKENT, 2 iyul - Sputnik. Toshkent shahrida "Oʻzekspomarkaz" koʻrgazma majmuasi bazasida, shuningdek "Universal" va "Yoshlik" sport majmualaridagi koronavirusga chalingan bemorlar uchun taqsimlash markazlari qayta ochilmoqda. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmatining telegram kanalida xabar berildi.
Videoda aks etgan tasvirlarga koʻra, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev 2 iyulga oʻtar kechasi ushbu markazga tashrif buyurgan. Markaz shu soatdan boshlab oʻz faoliyatini boshlaydi.
Politseyskiye v maskax na ulitsax Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda yangi karantin cheklovlari kiritildi
Markaz 504 koyka-oʻringa moʻljallangan, shu jumladan 60 oʻrinli reanimatsiya boʻlimi ham tayyor holatga keltirilgan.
Shifoxonada barcha narsa shay holatga keltirilgan va bemorlarni kutib olish uchun shifokorlar guruhi jalb qilingan.
Jahongir Ortiqxoʻjayev 3 iyulga oʻtar kechasi "Universal" sport majmuasi bazasida 770 oʻrinli taqsimlash markazini ochish boʻyicha koʻrsatma berdi. Shuningdek, hokim 5 iyul, dushanba kuni "Oʻzekspomarkaz" koʻrgazma majmuasi negizida 700 oʻrinli taqsimlash markazi ishini ham qayta tiklashga koʻrsatma berdi.
Medpersonal Raspredelitelnogo tsentra vpervыe poluchil zarplatu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.11.2020
Jamiyat
Toshkentdagi ayrim taqsimlash markazlari yopilmoqda
Jami boʻlib 2000 nafar bemor uchun joylar zaxirasi shakllantirilishi kerak.
Eslatib oʻtamiz, koronavirus bilan bogʻliq vaziyat butun dunyoda singari Oʻzbekistonda ham tobora jiddiy tus olmoqda.
Jumladan, 24 iyun kuni Innovatsiyalar vazirligi Oʻzbekistonda ham yuqumliroq va xavfliroq hisoblangan "delta" koronavirus shtammini aniqlaganini tasdiqladi.
Koronavirus tarqalishi fonida 28 iyundan boshlab karantin cheklovlari kuchaytirildi. Toshkent shahriga 28 iyundan transport vositalari kirishiga hamda koʻngilochar va ovqatlanish obʼyektlari faoliyatiga cheklovlar oʻrnatildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala