https://oz.sputniknews-uz.com/20210703/deputat-yoz-oylari-uchun-tonirovkani-bepul-qilishni-soradi-19526416.html
Deputat hukumatdan yoz oylari uchun tonirovkani bepul qilishni soʻradi
Deputat hukumatdan yoz oylari uchun tonirovkani bepul qilishni soʻradi
Deputat Doniyor Gʻaniyev rahbarlardan yoz mavsumida tonirovkani bepul qilishni soʻradi. 03.07.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-07-03T15:22+0500
2021-07-03T15:22+0500
2021-07-04T02:12+0500
jamiyat
oʻzbekiston
tonirovka
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/892/68/8926811_0:0:1921:1080_1920x0_80_0_0_e9667e77ff3aef0d8640d11f1f78467a.jpg
TOSHKENT, 3 iyul — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor Gʻaniyev rahbarlardan yoz mavsumida tonirovkani bepul qilish haqida post yozdi.Taʼkidlanishicha, Oʻzbekistonda hozirda anomal issiq havo harorati kuzatilmoqda. Deputatning fikricha, bunday haroratda fuqarolarning iqtisodiy faolligi va mehnat samaradorligi pasayadi.“Tonirovkani pullik qilishni oʻylab topgan hurmatli rahbarlar, iqtisodiyot oʻsishi, byudjetga koʻproq pul tushishini istasangiz, tonirovka narxlarini yoz oylari uchun bekor qiling”, - deb yozgan deputat.Eslatib oʻtamiz, iyun oyi oʻrtasida tonirovka narxini pasaytirish yuzasidan deputatlik soʻrovi 2-3 xil taklif bilan IIVga yuborilgani haqida deputat Doniyor Gʻaniyev maʼlum qilgandi. IIV ushbu soʻrovga aniq javob bermagan, biroq tonirovka narxini kamaytirish yuzasidan Prezident administratsiyasi tomonidan qaror loyihasi ishlab chiqilgan va bu loyihaga vazirlik oʻz takliflarini bildirilgan.Hozirgi kunda avtomobillarning orqa yon oynalari tusini oʻzgartirish (qoraytirish) ruxsatnomasi narxi jismoniy shaxslar uchun 5 BHM (1 225 000 soʻm) etib belgilangan. Ham orqa, ham old yon oynalar tonirovkasi uchun esa 50 BHM (12 250 000 soʻm) narx saqlanib qolmoqda.
https://oz.sputniknews-uz.com/20210615/tonirovka-narxini-pasaytirish-rejalashtirilmoqda-19236245.html
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/892/68/8926811_87:0:1782:1271_1920x0_80_0_0_0e8918b9f0b0c6dd06d2d18b84371b79.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
oʻzbekiston, tonirovka
Deputat hukumatdan yoz oylari uchun tonirovkani bepul qilishni soʻradi
15:22 03.07.2021 (yangilandi: 02:12 04.07.2021) Deputat Doniyor Gʻaniyev rahbarlardan yoz mavsumida tonirovkani bepul qilishni soʻradi.
TOSHKENT, 3 iyul — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor Gʻaniyev rahbarlardan yoz mavsumida tonirovkani bepul qilish haqida post yozdi.
Taʼkidlanishicha, Oʻzbekistonda hozirda anomal issiq havo harorati kuzatilmoqda. Deputatning fikricha, bunday haroratda fuqarolarning iqtisodiy faolligi va mehnat samaradorligi pasayadi.
“Tonirovkani pullik qilishni oʻylab topgan hurmatli rahbarlar, iqtisodiyot oʻsishi, byudjetga koʻproq pul tushishini istasangiz, tonirovka narxlarini yoz oylari uchun bekor qiling”, - deb yozgan deputat.
Eslatib oʻtamiz, iyun oyi oʻrtasida tonirovka narxini pasaytirish yuzasidan deputatlik soʻrovi 2-3 xil taklif bilan IIVga yuborilgani haqida deputat Doniyor Gʻaniyev maʼlum qilgandi.
IIV ushbu soʻrovga aniq javob bermagan, biroq tonirovka narxini kamaytirish yuzasidan Prezident administratsiyasi tomonidan qaror loyihasi ishlab chiqilgan va bu loyihaga vazirlik oʻz takliflarini bildirilgan.
Hozirgi kunda avtomobillarning orqa yon oynalari tusini oʻzgartirish (qoraytirish) ruxsatnomasi narxi jismoniy shaxslar uchun 5 BHM (1 225 000 soʻm) etib belgilangan. Ham orqa, ham old yon oynalar tonirovkasi uchun esa 50 BHM (12 250 000 soʻm) narx saqlanib qolmoqda.