Kolumnistlar

Rossiya 2022 yilda zarba dronlarini eksport qilishni boshlaydi: eng zoʻr namunalar

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Fotobankka oʻtishIspыtaniye drona-taksi v pomeщenii Maloy sportivnoy arenы olimpiyskogo kompleksa "Lujniki" v Moskve
Ispыtaniye drona-taksi v pomeщenii Maloy sportivnoy arenы olimpiyskogo kompleksa Lujniki v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.07.2021
Rossiya mudofaa-sanoat majmuasining texnologik darajasi yaqin va uzoq chet el mamlakatlarini zamonaviy raqobatbardosh dronlar bilan taʼminlash imkoniga ega.
Rossiyada "Kronshtadt" kompaniyalar guruhi tomonidan Dubna ilmiy shaharchasida yiliga oʻnlab birliklarda "Orion" uchuvchisiz uchish zarba apparatlarining ilk seriyali ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyilmoqda. Zavod rekord darajada qisqa vaqt ichida barpo etilmoqda va 2021 yilning noyabrida ishga tushiriladi. "Kronshtadt" kompaniyalar guruhi dronlarni eksport uchun 2022 yildan ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi.
"Orlan-10" dronini Myanmaga yetkazib berish toʻgʻrisida yaqinda imzolangan kelishuv Rossiya dronlarining xalqaro bozordagi "debyuti" hisoblanadi.
V DNR soobщili o sbitom v Dokuchayevske ukrainskom bespilotnike - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.06.2021
Dunyoda
Jangovar dron ilk bor buyruqsiz odamlarga hujum qildi
Biroq, Rossiya Federatsiyasi prezidentining harbiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha yordamchisi Vladimir Kojin 2017 yil kuzidayoq Rossiya chet elga dronlarni yetkazib berish boʻyicha 50 dan ortiq arizalarni koʻrib chiqayotganini aytgan edi. Oʻsha vaqtda uchuvchisiz texnika RF qurol eksporti umumiy hajmining 3 foizidan koʻp boʻlmagan qismini egallagan. Soʻnggi uch yil ichida koʻp narsalar ijobiy tomonga oʻzgardi, bugungi kunda Rossiyada ishlab chiqarilgan yuqori texnologik dronlar yaqin va uzoq chet el davlatlarida triumfal ekspansiyaga mahkum.
Dronlar sohasi – jahondagi eng yuqori texnologik va shiddat ila rivojlanib borayotgan sohadir. RF ham unga haqli ravishda katta eʼtibor qaratmoqda. Natijalar ayon – Abu-Dabida fevral oyida oʻtkazilgan IDEX 2021 xalqaro koʻrgazmasi chet ellik sheriklar RF stendlarida razvedka va zarbalarni amalga oshiruvchi uchuvchisiz texnikaga qattiq qiziqish bildirishganini koʻrsatgan edi.
Pervыy polet noveyshego bespilotnika Oxotnik - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.02.2021
Kolumnistlar
Rus “ovchisi” - AQSH va Turkiya dronlari bilan solishtirilganda
Qurol eksporti boʻyicha Moskva anʼanaviy ravishda dunyoda ikkinchi oʻrinni egallaydi - bozorning taxminan 15%i, Rossiya mahsulotlari taktik va texnik xususiyatlari jihatdan Gʻarb mahsulotlaridan qolishmaydi, narxi esa ulardan ancha arzon. "Rostex" rahbari Sergey Chemezovning soʻzlariga koʻra, Rossiya uchuvchisiz uchish apparatlarining ajralib turuvchi xususiyati - bu sunʼiy intellekt integrallashuvidir. Masalan, zarba droni nishonlarni mustaqil aniqlash, nishonga olish va bombardimon qilishga qodir. Taqqoslash uchun, Qorabogʻda jangovar harakatlar fonida mashhur boʻlgan "Bayraktar" dronlari barqaror radiosignal masofadan turib operator tomonidan boshqariladi – elektron "miyaga" deyarli ega emas, texnologik mukammallik choʻqqisi deb ham boʻlmaydi uni va "Rossiyani tiyib turish" rejasida u oʻq va yoylar qatorida oʻz oʻrnini egallashi mumkin.

"Orlan-10" – "kichkina demang bizni"

Suriya hududidagi jngovar sharoitlarda oʻzini yaxshi tomondan namoyon eta olgan Rossiyaning "Orlan-10" droni 2010 yildan buyon Rossiya armiyasi qurollari safida. Apparat osmonda 18 soatgacha "muallaq tura oladi". Kreyser tezlik – soatiga 110 km. Qanoti 3 metrgacha boʻlgan, maksimal uchish massasi 16 kg teng va foydali yuk tashuvi 4,5 kg gacha (shu jumladan, bomba nagruzkasi ham) boʻlgan taʼsirchan va ishonchli mashina.
"Orlan-10"ning razvedka modifikatsiyasi 140 kmgacha boʻlgan masofada maʼlumotlarni barqaror yetkazib berishni taʼminlaydi. Foydali yuk modul boʻlmasida turli uskunalar, kunduzgi va infraqizil kameralar hamda artilleriya oʻt zarbasi va zarba raketa tizimlarini moslash uchun foydalaniladigan uch oʻlchamli kartografik sʼyomka uchun uskuna va lazerli nishon koʻrsatkichlarni joylashtirish mumkin. Uning fazilatlaridan yana biri "Orlan-10" majmuasi (uchta dron, yuk avtomobili va yerdan boshqariladigan stantsiya) qimmat turmaydi.
Barrajiruyuщiy dron-kamikadze ZALA Lantset na stende kontserna Kalashnikov v ramkax otkrыtiya mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma Armiya-2019  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.11.2020
Dunyoda
Rossiyada yangi kamikadze-dronlarini yaratish ustida ish olib borilmoqda
Rossiya mudofaa-sanoat kompleksiga maqtovlar aytishga moyil boʻlmagan amerikaning Forbes jurnali ham Rossiya "Orlan-10" dronini jangovar sharoitlarda sinovdan oʻtkazilgan "ish tulpori" deya tan olgan.

Oʻrta balandlikka koʻtariladigan "Orion"

Mutaxassislar Rossiyaning "Orion-E" zarba dronini turk "Bayraktar"larining "bozor qotili" deb atab, xalqaro bozorda "narx - sifat - bortning intellektlashtirilishi" koʻrsatkichi boʻyicha eng yaxshi taklif hisoblaydilar. Bu majmua "yoʻrgʻa" ("inoxodets") nomi ostida Rossiya armiyasi qurollari safiga qabul qilingan, shuningdek, Suriya Arab Respublikasida terrorchilarga qarshi havo hujumlarida sinovdan oʻtkazilgan.
Orion - oʻrtacha balandlikdagi, 24 soatgacha boʻlgan uzoq parvoz muddatiga ega apparatdir.
Amerikanskiy voyennыy proizvodit vыstrel iz protivotankovogo raketnogo kompleksa (PTRK) Javelin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.04.2021
Kolumnistlar
“Bu “Javelin”lardan jiddiyroq”: AQSH Ukrainaga yangi qurol beradi
Zarba modifikatsiyasida boshqarilmaydigan va korrektsiya qilinadigan aviabombalar, yer ustidagi statsionar va harakatlanuvchi nishonlarni yoʻq qilish uchun moʻljallangan turli boshqariluvchi raketalar, zirhli texnika, transport va dushmanning jonli kuchlariga zarba berish uchun universal kompleks bilan jihozlangan. Maksimal parvoz ogʻirligi - 1150 kg, dronning kreyser tezligi - soatiga 200 km, parvozning maksimal balandligi - 7 kilometr. Jangovar yuk - 200 kg. "Rosoboroneksport"ning taʼkidiga koʻra, Orion noyob taktik-texnik xususiyatlarga va jangovar qobiliyatlarga, shuningdek eksport salohiyatiga ega. MDH mamlakatlarida dronga talab katta boʻlishi aniq.

Ogʻir "Altius"

Rossiyaning yangi ogʻir hujum droni "Altius" birinchi marta 25-iyun kuni aviatsiya qurolidan foydalangan - u poligon sinovlari paytida yerdagi nishonlarni bombardimon qilgan edi.
Tanklarni, yengil zirhlangan texnikalarni, artilleriya pozitsiyalarini va bir joyga toʻplangan dushman jonli kuchini yoʻq qilish uchun moʻljallangan har xil turdagi oʻq-dorilar bilan apparatning zarba imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazish davom etmoqda. "Altius" arsenali erkin qulaydigan, tuzatadigan va boshqariladigan kichik kalibrli aviabombalarni, boshqariladigan raketalarni oʻz ichiga oladi.
Zenitnыy kompleks Pantsir-S1, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.10.2020
Analitika
Rossiya "Pantsiri" amerika dronlari boʻylab qaqshatkich zarba bermoqda
Ogʻir klassdagi apparat uchish davomiyligi katta - ikki sutkagacha boʻlgan, oʻrtacha balandlikka uchadigan dronlarga taalluqlidir. Parvoz ogʻirligi 6 tonnaga yaqin, bir tonnadan ziyod foydali yukni tashishga qodir. Ikkita turbovintli dvigatellar bilan jihozlangan, qanoti uzunligi 30 metrgacha.
"Altius" droni bir qancha modifikatsiyaga ega, uni global masofalarda boshqarish imkonini beruvchi sputnik aloqa tizimi bilan jihozlangan. Jangovar harakat radiusi – 3500 km gacha. Mutaxassislar prognoziga koʻra, rivojlangan qurol kompleksiga ega bu apparat samo va xalqaro bozorda eng yaxshi jahon namunalaridan oʻzib keta oladi.

Qudratli "Ovchi"

Rossiyaning "Oxotnik" ("Ovchi") uchuvchisiz uchish apparati yaqindagina ucha boshladi, sunʼiy ongni rivojlantirmoqda va xuddi shunga oʻxshash apparatlarning shartli Olimpida barcha turdagi uchish va jangovar xarakteristikalar spektrida raqiblardan ustun turadi. Zarba aviatsiyasi strategiyasi va taktikasini qayta yozishga qodir.

Taqqoslash uchun uning yoniga eng ogʻir klassga mansub zamonaviy chet el mashinalarini qoʻyish lozim – deylik, isroil IAI Eitan, turk Bayraktar Akinci, amerikaning MQ-9A Reaper larini. Shu bilan birga, uzoqqa uchish, tezlik va zarba imkoniyatlari boʻyicha - raqiblar bilan taqqoslaganda ulardan ancha (yoʻq qiladigan darajada) ustun keladi. Apparat uzoqqa uchish masofasi va qurol-aslahalar xilma-xilligi nuqtai-nazaridan misli koʻrilmagan imkoniyatlarga ega, ichki boʻlimlarda razvedka vositalari va 6 ming tonnadan ortiq bomba yoki "havo-sath" va "havo-havo" raketalarini taxminan 5000 kilometr masofaga olib borishga qodir.
Pervыy polet noveyshego bespilotnika Oxotnik - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.08.2020
Kolumnistlar
"Koʻrinmas" qotil: Rossiyaning "ovchi" droni AQSH va NATOni nega tashvishga solyapti?
Yuk tashish boʻyicha unga yaqin IAI Eitan oʻz bortiga faqatgina 2 tonna boyepripaslarni ololadi (u ham osigʻlik holatda, shu bois dushman radarlarida aks etishi turgan gap). Yaʼni, jangovar sharoitlarda bitta "Ovchi" Isroil, AQSH va Turkiyada ishlab chiqarilgan shunga oʻxshash uchta mashinaning oʻrnini bosa oladi. Kam koʻrinadigan apparatning jangovar vazifalari – uzoq masofaga amalga oshiriladigan razvedka parvozlari va dushman mudofaasi ichkarisida yuqori aniqlikdagi zarbalarni amalga oshirishdir.
"Ovchi" droni turboreaktiv (turbovintli emas) dvigatel bilan jihozlangan, "uchayotgan qanot" shakliga ega. Uzunligi 14 metr, qanoti uzunligi 19 metr, uchish massasi – 20 tonnagacha. Kreyser (tovush tezligigacha) tezligi – soatiga 1000 km – oʻziga yaqin boʻlgan raqibi - MQ-9A Reaper (soatiga 480 km)ning maksimal imkoniyatlaridan ikki yarim barobar ustundir. Ehtimoliy amaliy koʻtarilish nuqtasi – 20 km. Va "Ovchi"ning asosiy xususiyati – beshinchi avlod Su-57 qiruvchisi bilan hamohanglikda ergashuvchi sifatida harakatlana olishidir.
Mnogofunktsionalnыy istrebitel Su-57 na vserossiyskom etape konkursa Aviadarts na aviatsionnom poligone Dubrovichi pod Ryazanyu. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.12.2020
Kolumnistlar
Rossiyaning Su-57 qiruvchisi dunyoni egallamoqda. Uning asosiy xususiyati nimada?
Sal avval amerikaning Forbes jurnali quyidagilarni xabar qilgan edi: AQSH HHKga tegishli MQ-9 Reaper dan farqli oʻlaroq Rossiya razvedka-zarba droni Havodan hujumga qarshi vositalarsiz isyonchilarga qarshi kurash uchun moʻljallanmagan, balki keng koʻlamli harbiy mojarolarda foydalanilishi mumkin. Rossiyaning ogʻir droni uchun maxsus ichkifyuzelyajli gipertovushli boshqariladigan "havo-havo" va "havo-sath" raketalari ishlab chiqarilmoqda. Rossiya harbiy aviatsiyasi yuqori aniqlikka ega boyepripaslarni 2021 yilda qabul qiladi. Birlashgan aviasozlik korporatsiyasi rahbari Yuriy Slyusarning soʻzlariga koʻra, RF Havo-kosmik kuchlariga "Ovchi"ning seriyali postavkalari 2024 yildan boshlanadi. Soʻngra apparat xuddi Su-57 singari eksport modifikatsiyada jahon qurol-aslahalar bozoriga chiqishi mumkin.

Rossiya eksportining istiqbollari

Dunyo boʻylab uchuvchisiz uchish qurilmalarining rivojlanishi AQSH va Isroil armiyalari tomonidan Fors koʻrfazi, Yugoslaviya va Yaqin Sharqdagi harbiy operatsiyalar paytida dronlardan keng qoʻllanilishiga turtki boʻldi. Dronlar 50 dan ortiq mamlakatlarda ishlab chiqariladi va shunga qaramay, yaqin vaqtgacha dronlar vatani Isroil va AQSH hisoblanar edi. Tarixan shunday boʻlganki, Rossiya Havo-kosmik kuchlar manfaatlari uchun dronlar mavzusini "sekinlik ila ishga solgan" va shunga qaramay, 21-asrda qurollarning ushbu ustuvor yoʻnalishini juda ishonchli tarzda rivojlantirmoqda.
Dronlar jahon bozorining asosiy ulushi harbiy ahamiyatga ega boʻladi. Bu yerda texnologik va marketing jihatdan qatʼiy kurash kutmoqda, biroq Rossiya uchuvchisiz uchish qurilmalarining muhim yetkazib beruvchisiga aylanishi aniq.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala