Jamiyat

Jaziramadan saqlanish uchun tavsiyalar

© Sputnik / Mixail Fomichev / Fotobankka oʻtishJenщina s zontikom idet po jare
Jenщina s zontikom idet po jare - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.07.2021
Shu kunlarda dunyoning qator davlatlarida boʻlgani kabi Oʻzbekistonda ham havo harorati 40 darajadan yuqori boʻlmoqda.
TOSHKENT, 4 iyul — Sputnik. Yozning jazirama ob-havo kunlarida oftob urmasligi uchun nima qilish kerak? Qanday kiyinish va ovqatlanish lozim? Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi Bahodir Yusupaliyev bu borada qator tavsiyalarni berdi.

Ehtiyot choralari:

birinchi navbatda boshni quyosh nuridan asrash va oftob urishining oldini olish;
kunlik ovqatlanish ratsionini yengil hazm boʻladigan taomlar hamda meva va sabzavotlar bilan boyitish;
koʻproq suyuqlik isteʼmol qilish;
qahva, shirin gazlangan suvlarni isteʼmol qilmaslik;
havoni yaxshi oʻtkazib, quyosh nurini qaytaradigan (och rangli) va keng tikilgan kiyimlarni kiyish.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qoʻshimcha ravishda koʻproq dush qabul qilishni tavsiya qilgan. Suv xona xaroratiday boʻlishi kerak. Muzdek suv bilan yuvinish esa tana harorati keskin oʻzgarishi natijasida pnevmoniya kasalligiga olib kelishi eslatilgan.
Ochiq suv havzalarda choʻmilish mumkin, ammo choʻmilish taqiqlangan havzalarda choʻmilish qatʼiyan man etiladi.

Oftob ursa nima qilish kerak?

Fuqarolar anomal issiq iqlim kunlarida zarurat sezganda, 103 xizmatiga murojaat qilib, tunu kun sifatli tibbiy yordam olishlari mumkin.
Oftob urishi oqibatida tana haroratini koʻtarilishi, terining qizarishi, holdan toyish, nafas olish va puls tezlashishi, yurakni tez urishi, bosh ogʻrishi, bosh aylanishi, koʻngil aynishi, qayt qilish, hushdan ketish holatlari kuzatilishi mumkin.
Jara - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.07.2021
Jamiyat
Poytaxt hokimligi aholidan zarurat boʻlmaganda koʻchaga chiqmaslikni soʻramoqda
Oftob urgan odamni darhol soya joyga yotqizib, ust-boshlarni yechib, muzdek suvga choyshabni hoʻllab butun tanasiga oʻraladi. Sochiqni muzdek suvga hoʻllab boshiga qoʻyiladi. Boʻyin va qoʻltiq sohasiga muz xaltachalari qoʻyilsa foydadan xoli boʻlmaydi.
Bemorga oz-ozdan suyuqlik ichiriladi va zudlik bilan tez yordam chaqiriladi. Tez yordam yetib kelgunga qadar yuqoridagi muolajalar davom ettiriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala