Jizzaxda uch yigit 20 yoshli qizni o‘g‘irlab ketdi

© Unsplash / Dev Asangbam Devushka zakrivayet litso rukami
Devushka zakrivayet litso rukami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanida 20 yoshli qizni o‘g‘irlab ketgan uch yigitga qarshi jinoyat ishi ochildi.
“Postda” gazetasining yozishicha, “Mirzadala” shaharcha fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. U 2001-yilda tug‘ilgan qizi uyidan chiqib, ishiga bormaganligini bildirgan. Olib borilgan surishtiruvlar davomida qizning o‘g‘irlangani aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, tuman markazida yashovchi uch nafar yigit jabrlanuvchining qarshilik ko‘rsatishiga qaramasdan uni “Nexia”ga majburlab mindirib, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hududiga olib ketgan.
Siluet jenshini. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2021
Toshkent viloyatida 21 yoshli qizni uylanish uchun o‘g‘irlab ketishdi
Mazkur holat yuzasidan "Do‘stlik" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi X.M., "Yerjar" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi H.M. hamda B.A.ga nisbatan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Yangiliklar lentasi
0