Rossiya

Putin Rossiyaning milliy xavfsizlik strategiyasini tasdiqladi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin
Prezident RF V. Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.07.2021
Yangi strategiyada mamlakat milliy manfaatlari, tashqi siyosat yoʻnalishlari belgilangan.
TOSHKENT, 4 iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatning yangi xavfsizlik strategiyasini tasdiqladi. Hujjat huquqiy axborot portalida chop qilingan.
Rossiyaning milliy manfaatlariga kiritilgan:
mamlakat xalqni asrab-avaylash;
konstitutsiyaviy tuzim, suverenitet va mustaqilikni himoya qilish;
fuqarolar tinchligi va totuvligini saqlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash va korruptsiyaga barham berish;
xavfsiz axborot makonini rivojlantirish – “Rossiya jamiyatini halokatli halokatli axborot va psixologik taʼsirdan himoya qilish;
iqtisodiyotni yangi texnologik asosda barqaror rivojlantirish;
atrof muhitni muhofaza qilish, tabiat resurslarini saqlash va tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish, iqlim oʻzgarishiga moslashish;
anʼanaviy rus maʼnaviy va axloqiy qadriyatlarini mustahkamlash, madaniy va tarixiy merosni saqlash;
strategik barqarorlikni saqlash, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, xalqaro munosabatlarning huquqiy asoslarini qoʻllab-quvvatlash.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini taʼminlashning usullaridan biri sifatida dollardan foylanishni qisqartirish, dori-darmon va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish hamda yuqumli kasalliklarga qarshi mahalliy vaktsinani yaratish va ishlab chiqish koʻrsatilgan.
Siyosatning asosiy yoʻnalishlaridan biri bu MDH mamlakatlari, Abxaziya va Janubiy Osetiya bilan munosabatlarni rivojlantirish. Hujjatga koʻra, Rossiya Xitoy, Hindiston, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Lotin Amerikasi va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlikni rivojlantiradi.
Prezident RF Vladimir Putin (sprava) i predsedatel KNR Si Tszinpin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2021
Kolumnistlar
Biz birga boʻlsak hech kim bizni yenga olmaydi - Rossiya va Xitoyning yangi bayonoti
Rossiya xorijiy davlatlarning nodoʻstona xatti-harakatlariga javoban tegishli choralarni koʻradi.
Strategiyada taʼkidlanishicha, geosiyosiy beqarorlik va davlatlararo qarama-qarshiliklarning oʻsishi sharoitlarida Rossiya xalqaro munosabatlarning barqaror tizimini taʼminlashga qaratilgan “izchil, mustaqil, ochiq va pragmatik tashqi siyosatni” yuritadi.
Rossiyaning tashqi siyosati maqsadlari sifatida mamlakatning barqaror ijtimoiy iqtisoiy rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish, milliy xavfsizlikni mustahkamlash, Rossiya Federatsiyasi pozitsiyasini dunyoning nufuzli markazlaridan biri sifatida mustahkamlash belgilangan.
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2021
Rossiya
SSSR va Germaniyaning 2-jahon urushidagi rollarini tenglashtirish taqiqlanadi - RF yangi qonuni
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala