Analitika

Amerikaliklar Afgʻonistonni Rossiyaga "tashlab qoʻydimi"?

© Official U.S. Navy PageVoyennoslujaщiye NATO osuщestvlyayut posadku v vertolet
Voyennoslujaщiye NATO osuщestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2021
Amerikaliklar Afgʻonistondagi oʻzlariga tegishli eng yirik baza - Bagramni tark etdi, — bu bilan gʻarb qoʻshinlarining mamlakatdan chiqarilishi oʻzining final bosqichiga kirdi.
Yakshanba, AQSH Mustaqilligi kuniga kelib u yerda bir mingdan sal koʻproq amerika harbiy xizmatchilari qoladi. Harbiylar Qobul aeroporti va elchixona xavfsizligini taʼminlashadi.
Ammo toliblar bilan kelishuvga binoan amerikaliklar oʻzlarining jamiki harbiylarini chiqarib ketishi shart – qoidabuzarlik shartnoma buzilishiga olib keladi. Shunday qilib, amerikaliklar qolgan Gʻarb harbiylari singari 11 sentyabrga qadar ketishga majbur boʻladi.
Amerikanskiye voyennыe na yugo-vostoke Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Hafta oxirigacha AQSH shoshilinch ravishda Afgʻonistondan oʻz qoʻshinlarini olib chiqadi
Faqatgina turklar qolishi (aniqrogʻi, qaytib kelishlari) mumkin: AQSH ulardan (toliblarda Gʻarb "salibchilari" singari nafrat qoʻzgʻamaydigan musulmonlar sifatida) Qobul aeroporti xavfsizligini taʼminlashni, yaʼni fuqarolar urushi bilan qamrab olingan mamlakatda vaziyat shuni taqazo etgan taqdirda Qobul hukumatiga shoshilinch yordam koʻrsatish uchun aeroportni nazoratda ushlashni soʻrashmoqda.
Axir hozirdanoq uning yaqin kelajagi ulkan savol ostida qolmoqda - hatto Amerika maxsus xizmatlari ham u shu yil oxirigacha qolishiga ishonishmayapti.
Vashington hozirdanoq Oʻrta Osiyo mamlakatlarining qator hukumatlari bilan muzokaralar olib bormoqda, lekin amerika qoʻshinlarini joylashtirish haqida emas (bu uchun imkoniyat yoʻq – Shtatlarga hatto uning sobiq ittifoqchisi Pokiston ham rad javobini berdi), balki amerikaliklarga yordam bergan bir necha ming afgʻon fuqarolariga vaqtinchalik boshpana taqdim etish haqida. Yaʼni, AQSH Tojikistonda, Qozogʻistonda va Oʻzbekistonda toʻqqiz mingga yaqin kollaboratsionistlarni qabul qilib olishlarini xohlamoqda. Ularni amerikaliklar oʻzlari ham Yangi dunyoga olib borishga shoshilmayapti.
Keyin ularga Amerika vizalari yoki yashash uchun ruxsatnomalar berilishi mumkin - yoki berilmasligi ham. Markaziy Osiyo davlatlari, Amerika okkupatsiyasining ushbu sheriklarini qabul qilishlari ehtimolga yaqin - xuddi hozirda toliblar tomonidan egallab olingan chegara zonalaridan Tojikiston va Oʻzbekistonga qochib ketayotgan afgʻon chegarachilarini qabul qilishayotgani singari. Ammo butun boshli Markaziy Osiyo, qolaversa Rossiya uchun ham muhim masala shundaki - Afgʻonistonda bundan buyogʻiga nimalar roʻy beradi va vaziyatga qanday taʼsir koʻrsatish mumkin?
Taliban - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Afgʻon qozoni qaynamoqda – Markaziy Osiyo yomon vaziyatga hozirlanmoqda
Afgʻonistonning kelajagi mavhum - va bu shunchaki aytilayotgan gap emas. 20 yillik Amerika okkupatsiyasi va qirq yildan ortiq davom etgan fuqarolik urushidan soʻng faqat bitta narsa aniq: Qobulda hokimiyat tez orada oʻzgaradi. Afgʻonistonliklar oʻz davlatlarini oʻzlari boshqarishlari kerak - ammo unda shunchalar koʻp ziddiyatlar va muammolar toʻplanib qolganki, birdam va tinch Afgʻoniston uchun yangi formula retsepti hech kimda mavjud emas.
Ushbu togʻli mamlakatning murakkab milliy va qabilaviy tuzilishi, shuningdek, chet el okkupatsiyasi oqibatlari – afgʻonlararo muloqot uchun yaxshi sharoit boʻlolmaydi. Idealda Afgʻoniston federativ va neytral, koalitsiya hukumati tomonidan boshqariladigan boʻlmogʻi lozim – ammo buning afgʻonlar singari, tashqi kuchlardan ham ulkan harakatlar va sabr talab etiladi. Ha, tashqi kuchlardan ham, sababi, oʻz-oʻzidan afgʻonlar oʻzaro kelishib olisholmaydi – erk neligini unutib qoʻyishgani yoki bir-biridan nafratlangani uchun emas, balki Afgʻoniston aksariyat qoʻshni davlatlar uchun, ular bu mamlakat kelajagini belgilashda ishtirok etishdan voz kecha olmaydigan darajada, oʻta muhimligi tufayli.
Predsedatel Vыsshego soveta natsionalnogo primireniya Afganistana Abdulla Abdulla - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Abdulla Abdulla: toliblar muzokaralarga xohlamay bormoqda, ammo janglarda faol
Bu mamlakatlar orasida kuchli mintaqaviy va jahon oʻyinchilari ham bor— Xitoy, Pokiston, Hindiston, Eron. Va, albatta, Rossiya — bu davlat uchun Afgʻoniston kelajagi printsipial muhim ahamiyatga ega.
Rossiya Afgʻonistonda katta taʼsirga ega, qolaversa, u Markaziy Osiyo xavfsizligi uchun ham masʼul. Ammo kelajakka taʼsir koʻrsatish uchun ayni paytda nimalar roʻy berayotganini toʻgʻri tushunish kerak - va hatto bu ham hozirda qiyin masala.
Amerikaliklar Markaziy Osiyoni portlatish va Rossiyaga janubdan oʻt qoʻyish uchun Afgʻonistonni tark etishmoqda - mamlakatimizda bunday fikrlar unchalik ham kam emas. Xoʻp, yaxshi, ular shu sababdan ketmayapti, ammo buning oqibatlari Markaziy Osiyo uchun baribir halokatli boʻladi, deydi boshqalar. Oʻzbekiston va Tojikiston afgʻon oʻzbeklari va tojiklari sayi-harakatlari bilan yona boshlaydi! Olovni afgʻon-tojik va afgʻon-oʻzbek chegarasidayoq toʻxtatish kerak! Yoʻq, ulgurmaymiz, hammasini boy berdik - biz allaqachon Qozogʻiston bilan chegarani mustahkamlashimiz kerak!
Vahimali "bashoratlar" yengiltaklikdan yaxshiroq emas. Amerikaliklar tomonidan agʻdarilgan, ammo magʻlubiyatga uchramagan (chunki umuman olganda buning iloji yoʻq edi) toliblar haqiqatan ham tez orada Qobulda hokimiyatga aylanadi – bu koalitsiya hukumati tarkibida tinch yoʻl bilan, yoki (agar hozirgi Qobul hukumati hokimiyat bilan boʻlishishni istamagan tavdirda) harbiy gʻalabadan keyin toliblar yagona hokimiyat oʻrnatishlari orqali roʻy berishi mumkin.
Prezident Afganistana Moxammad Ashraf Gani  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2021
Siyosat
Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani iyulda Toshkentga keladi
Shu bilan birga, ular birdaniga butun Afgʻonistonni nazorat qila olmaydilar - ular mahalliy hokimiyat idoralari, viloyat va qabilalar (ayniqsa, tojiklar, oʻzbeklar va hazoralar, yaʼni milliy ozchiliklar yashaydigan zonalarda) bilan muzokaralar olib boradilar. Toliblarga (millati boʻyicha pushtunlarga) shimolga hech qanday ekspansiya ham kerak emas, ular oʻz mamlakatida roʻy berayotgan voqealar bilan shugʻullanishni istaydi va bu haqda koʻplab marotaba ommaga maʼlum qilganlar. "ISHID"* yoki "Al-Qoida"ga qasamyod qilgan alohida erkin mahalliy otryadlar amaldagi hukumat singari toliblar uchun ham (alqissa, hokimiyatga aylangach) tahdid sifatida qabul qilinadi va yoʻq qilinishni boshlaydi.
Agar ular shimolga, Oʻrta Osiyo respublikalariga oʻtishga harakat qilsalar, tojik va oʻzbek (turkman chegarasi ham bor) harbiylari zarbasiga uchraydi. Tabiiyki, Rossiya yordami bilan – RF mintaqadagi oʻz harbiy bazalarini kuchaytirish bilan bir qatorda oʻrta osiyolik ittifoqchilariga qurol yetkazib berishni ham kuchaytiradi.
Rossiyani Afgʻonistonga aldab tortib kirish boʻyicha amerikaning "ayyorona rejasi" mana shunda axir! Avvaliga bizni Afgʻoniston chegaralaridagi janglarga aralashtirishadi, keyin biz oʻzimiz shuni sezmagan tarzda qoʻshinlarimizningsh yangi "cheklangan kontingentini" Afgʻonistonning oʻzida aniqlaymiz. Bunday ogohlantirishlar ham yangramoqda - ammo bunday stsenariyning minimal ehtimolligini taxmin qilish uchun Rossiya tashqi siyosatini umuman tushunmaslik kerak.
Kamilov obsudil so spetspredstavitelem SSHA resheniye afganskogo konflikta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.07.2021
Siyosat
Kamilov AQShning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili bilan muzokara oʻtkazdi
Qolaversa, amerikaliklarning shunday hisob-kitoblari mavjudligiga ishonish kerak- anglosakslar, shubhasiz, Rossiya uchun "katta oʻrta Osiyo tuzogʻini" bajonidil qoʻygan boʻlardilar. Ammo buning uchun ularda hozir shunchaki imkoniyat yoʻq.
Umuman olganda, xuddi oʻsha amerikaliklarni daho manipulyatorlar va nayrangchilar deb bilmaslik kerak. Axir, ularning Afgʻonistondan chiqib ketish holatlari ham umuman boshqa narsadan darak bermoqda: ularning mintaqadagi taʼsiri oʻsish nari tursin, unga keskin putur yetdi.
Yoʻq, gap ular Qirgʻizistonda yoki Oʻzbekistonda oʻrnashib ololmasligi haqida emas - bu mamlakatlar, amerikaliklarga ularning afgʻon kampaniyasi uchun bazalar taqdim etganlarida ham, Rossiyaning harbiy va geosiyosiy orbitasida qolishda davom etishgandi. Afgʻon urushi yillarida amerikaliklar yaqinda Rossiya-Xitoy SHHTsiga aʼzo boʻlgan Pokiston (yadroviy derjava va dunyodagi eng yirik musulmon mamlakatlaridan biri)ni yoʻqotishdi.
Bu, ham AQShning Markaziy Osiyodagi vaziyatni beqarorlashtirish boʻyicha ayyor rejasining bir qismi boʻlganmi? Hech narsaga erishmasdan, qoʻshni mamlakatda eng yaqin ittifoqchisini yoʻqotib, ketishmi?
Afganskiy voyennыy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.07.2021
Dunyoda
Tojikiston, Qozogʻiston va Oʻzbekiston: AQSH 9 ming afgʻonni vaqtincha joylashtirishni soʻramoqda
Albatta, Markaziy Osiyo nostabillikdan xoli emas – sobiq ittifoq respublikalarida koʻplab ichki muammolar, chegara muammolari va mojarolar mavjud. Ammo afgʻon muammolarining ushbu davlatlar xavfsizligiga taʼsiriga yuqori baholash kerak emas – chunki ularning barchasi (hatto KXSHT aʼzolari boʻlmaganlari ham) Rossiyaning harbiy-siyosiy soyaboni ostidadir.
Afgʻonistonning yangi kampaniyasida qatnashmayotgan narsa, ammo, shubhasiz, afgʻoniston olovining uchqunlari chegaralar boʻylab qattiq uchib keta boshlagan taqdirda, ittifoqchilarini himoya qilishga qodir.
Boyeviki Islamskogo gosudarstva (IGIL) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.12.2019
Dunyoda
“ID” Markaziy Osiyoga bostirib kirish uchun platsdarm tayyorlamoqda – Patrushev
Ammo buning hammasi oldindan belgilab qoʻyilishdan yiroq qolaversa, afgʻonlarning oʻzlarida ham Amerikadan keyingi reabilitatsiya davrini nisbatan kam qon toʻkilishi bilan oʻtish imkoniyati mavjud. Rossiya ularga yordam bera oladi emas, balki yordam berishga majbur - bu bizning umumiy xavfsizligimiz uchun kerak.
Aynan shu sababli juma kuni Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev afgʻonistonlik hamkasbi Hamdulla Mohibni Moskvada qabul qildi, Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov esa " toliblar bilan haqiqiy tinchlik muzokaralarini tayyorlash jarayonini yanada choʻzishga harakat qilayotgan Afgʻoniston hukmron tuzilmalari ayrim mansabdorlarining masʼuliyatsiz xatti-harakatlarini" keskin tanqid qildi va ular "bu harakatlar oʻz vatani uchun qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi borasida oʻylab koʻrishlari kerak", deya taʼkidladi.
Garchi, afgʻon rahbariyatining bir qismi vaqtni ongli ravishda choʻzayotgan boʻlishi ham mumkin - amerikaliklar ortidan Afgʻonistondan qochib qolish umidida.
* — Rossiyada va qator boshqa mamlakatlarda taqiqlangan terroristik tashkilotlar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala