Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

AQSH harbiylari Afgʻonistondagi eng katta aviabazani qanday tark etdi

© AFP / JOHANNES EISELEAmerikanskiye voyennыe
Amerikanskiye voyennыe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2021
AQSH harbiylari Afgʻonistondagi eng katta aviabazani - Bagramni tark etdi.
TOSHKENT, 5 iyul — Sputnik. AQSH harbiylari Afgʻonistondagi eng katta aviabazani tark etdi.
Mahalliy harbiylar ushbu holat yuzasidan Sputnik Afgʻoniston muxbiriga izoh berishdi.
Bagram aviabazasi xavfsizlik xizmati boshligʻi, harbiy politsiya qoʻmondoni, general Asadolloh Kuxistanining soʻzlariga koʻra, aviabazani topshirish masʼuliyatli va tinch oʻtdi. Bazada harbiy maqsadlarda foydalanish uchun koʻplab narsalar qolgan.
Amerikanskiye voyennыe na yugo-vostoke Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Hafta oxirigacha AQSH shoshilinch ravishda Afgʻonistondan oʻz qoʻshinlarini olib chiqadi
“Milliy xavfsizlik kuchlari foydalanishi mumkin. Yaxshi jihozlangan shifoxona mavjud. Tibbiyot markazida Parvan viloyati va uning atrofidagi aholi davolanishi mumkin”, - deydi general.
Aviabazadan fuqarolik maqsadlarida foydalanish mumkin, 3ta uchish-qoʻnish yoʻlagi mavjud, ichki va xalqaro reyslarni amalga oshirish mumkin.
© SputnikTexnika, ostavlennaya amerikantsami posle uxoda s voyennoy bazы v Bagrame
Texnika, ostavlennaya amerikantsami posle uxoda s voyennoy bazы v Bagrame - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2021
Texnika, ostavlennaya amerikantsami posle uxoda s voyennoy bazы v Bagrame
2-armiya brigadasi shtabi boshligʻi, podpolkovnik Degarman Sami avibaza hududi nazoratga olinganini maʼlum qildi.
“NATO Bagramni tark etdi. Biz xabardor emas edik. Faqat bir soat ichida biz hududi ancha katta boʻlgan aviabazani nazorat ostiga oldik va uni himoya qilishga tayyormiz", - dedi Sami.
© SputnikTexnika, ostavlennaya amerikantsami posle uxoda s voyennoy bazы v Bagrame
Texnika, ostavlennaya amerikantsami posle uxoda s voyennoy bazы v Bagrame - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2021
Texnika, ostavlennaya amerikantsami posle uxoda s voyennoy bazы v Bagrame
Sputnik Afgʻoniston muxbiri AQSH va NATO harbiylarini Bagram aviabazasidan evakuatsiyasi qanday amalga oshirilganligi haqida gapirib berdi:
“AQSH qurolli kuchlari barcha texnika va jihozlarni qoldirib, samolyotga oʻtirib, oʻz mamlakatiga uchib ketdi. Ular Afgʻoniston Ichki ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligi bilan kelishishsiz bazani tark etishdi. Garchi harbiylar amerikaliklar tez orada Afgʻonistonni tark etishlari haqida xabar berishganini aytgan boʻlsalar-da, aniq vaqtni aytishmadi. Juma kuni kechqurun soat 9 larda, 20 yil ichida ilk marta bazada elektr taʼminoti bir soat davomida oʻchirildi va baza qandaydir tutunga botdi. Shu tutunda samolyot osmonga koʻtarilib, Amerika harbiylarini Afgʻonistondan olib chiqib ketdi”, - deydi muxbir.
Afgʻoniston harbiylari maʼlumotlariga koʻra, bazada 30 ta tank, 50 ta zirhli texnika va 800 dan ortiq boshqa texnika tashlab ketilgan.
© SputnikTexnika, ostavlennaya amerikantsami posle uxoda s voyennoy bazы v Bagrame
Texnika, ostavlennaya amerikantsami posle uxoda s voyennoy bazы v Bagrame - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2021
Texnika, ostavlennaya amerikantsami posle uxoda s voyennoy bazы v Bagrame
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala