Yevropa klublarining Ibrohimxalil Yo‘ldoshevga qiziqish bildirayotgani tasdiqlandi

© Press-slujba FK "Paxtakor"Futbolist Ibroximxalil Yuldashev
Futbolist Ibroximxalil  Yuldashev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2021
Obuna bo‘lish
Ibrohimxalil Yo‘ldoshev joriy mavsum “Paxtakor” safida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. “Paxtakor” sport direktori Ja’far Irismetov Sputnik agentligiga bergan eksklyuziv sharhida Yevropa futbol klublari futbolchi Ibrohimxalil Yo‘ldoshevga qiziqish bildirayotganini tasdiqladi.
“Biz Yo‘ldoshevning agentlari bilan suhbatlashganimizda, u Yevropa klubiga borishi mumkinligi haqida suhbat bo‘lib o‘tdi, lekin gap aniq “Jenoa” haqida bormadi. Rasmiy xat olmagunimizcha, buni e’lon qilolmayman”, - dedi Irismetov.
Uning ta’kidlashicha, suhbat bir oy oldin bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyalik jurnalist Nobel Arustaman O‘zbekiston terma jamoasi va “Paxtakor” futbolchisi Ibrohimxalil Yo‘ldoshev o‘z faoliyatini Italiyaning “Jenoa” klubi safida davom ettirishi mumkinligi haqida yozgandi.
Ibrohimxalil Yo‘ldoshev joriy mavsum “Paxtakor” safida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Bundan tashqari, milliy jamoalar safida ishonchli o‘yin ko‘rsatgani uchun futbolchi O‘FAning “Yil kashfiyoti” sovrinini qo‘lga kiritgan edi.
Yangiliklar lentasi
0