Koronavirusdan oldin gen-injenerlik vaksinalardan qo‘rqishgan - virusolog

© Vitaliy BelousovMeditsinskiy rabotnik nabirayet v shpris rossiyskuyu vaksinu "Sputnik Layt", primenyayemuyu dlya vaksinatsii na territorii TS "Sadovod" v Moskve.
Meditsinskiy rabotnik nabirayet v shpris rossiyskuyu vaksinu Sputnik Layt, primenyayemuyu dlya vaksinatsii na territorii TS Sadovod v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2021
Obuna bo‘lish
Pandemiya orqaga qaytishi uchun qancha odamni emlash kerak, qayta emlanish nima uchun kerak va qachon virus ustidan g‘alaba qozoniladi? Sputnik savollariga Gamaleya institutining bosh ilmiy xodimi Anatoliy Altshteyn javob berdi.
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Koronavirusdan oldin gen-injenerlik vaksinalarni ishlatishdan qo‘rqishgan, hozir esa infeksiyaga qarshi bunday preparatlarsiz kurashish mumkin emas, deydi Gamaleya institutining bosh ilmiy xodimi Anatoliy Altshteyn.
Rossiya - birinchilardan bo‘lib samarali vaksinani ishlab chiqqan mamlakat. Ammo Rossiya Federatsiyasida nisbatan kam odam emlandi, afsus bilan aytadi olim.
Ampula Komponent I vaksini ot koronavirusa Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2021
Moskvada o‘smirlar uchun “Sputnik V” tadqiqoti boshlandi
"Vaksinatsiya kampaniyasi, Moskva meriyasi sa’y-harakatlari bilan ancha samarali o‘tmoqda bo‘lsa-da, umuman olganda biz orqada qolmoqdamiz, chunki boshqa mamlakatlar aholining 60 foizini allaqachon emlashgan. Biz 12-15 foiz darajadamiz", - deydi virusolog.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyoda emlash ko‘rsatkichi juda katta. Taxminan ikki yarim milliard vaksina qo‘llanildi. Dunyoda hech qachon bunday ommaviy emlash bo‘lmagan, deydi u.

Emlash tarafdorlari va emlashga qarshilarning qarama-qarshiligi haqida

"Hech shubhasiz, fikrimga ko‘ra, haqiqat emlashni talab qiladiganlar tomonida. Bu aholining 100% emlash kerak degani emas. Ko‘p odamlar emlashi mumkin emas - 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar, og‘ir bemorlar. Ammo 60-65%, ehtimol hatto 70% aholini emlash mumkin. Ular emlanishi zarur", - deydi Altshteyn.
23 aprelya v Uzbekistan bila dostavlena pervaya partiya vaksini Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2021
O‘zbekistonga yana 40 ming doza “Sputnik V” vaksinasi olib kelindi
Virusolog-professori ta’kidlashicha, qo‘shimcha emlash (revansinatsiya)ning o‘ziga xos xususiyati yo‘q - bu immunitetni mustahkamlash uchun kerak. Dastlab, olti oy ichida revaksinatsiyadan o‘tish kerakligi haqida hech qanday savol tug‘ilmagan edi, chunki o‘sha paytda virus bunday tajovuzkor shaklga o‘tmagan edi, deb tushuntiradi Altshteyn.
U "delta" deb nom olgan COVID-19 hindcha shtammining "vaksinalarga nisbatan kam ta’sirchanligini va virusga eng kuchli ta’sir ko‘rsatishi, uning tarqalishini to‘xtatish uchun immunitetni oshirish zarurligini tan oldi. Buning uchun revaksinatsiya zarur.

Normal hayotga qaytish haqida

"Insoniyat tarixida bunday dahshatli pandemiya ko‘p bo‘lgan – qora chechak, o‘lat, vabo, u vaqtda bizda vaksinalar yo‘q edi. Faqat 1796-yildan keyin chechakka qarshi vaksina paydo bo‘ldi. Bu vaksina XIX-XX asrlarda ishlatilgan. Oxir oqibatda chechak butunlay yo‘q qilish uchun ish tashkil qilindi. Shunday qilib, yer yuzining hech qaysi joyida bu virus yo‘q, uni hech qayerdan ajratib bo‘lmaydi", - deydi Altshteyn.
Olimga ko‘ra, 1980-yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hatto chechakni topadigan shifokorga 50 ming dollar mukofot puli berilishini e’lon qildi, ammo bu pul olinmay qolib ketdi.
Anatoliy Alshteyn  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2021
Kasal bo‘lgandan ko‘ra, vaksina olgan yaxshi - virusolog
"So‘nggi dahshatli pandemiya 1918-1919 yillarda dunyoda yuz berdi - bu “ispanka” grippi. O‘n millionlab odam vafot etdi. O‘sha paytda vaksinalar bo‘lmagan va virusning qo‘zg‘atuvchisi ajratilmagan. Ikki yil davomida bu pandemiya avj oldi va sekin-asta to‘xtadi. COVID-19 pandemiyasiga kelsak, menimcha, bir-ikki yil ichida u ham tugaydi, ammo hozir ilgari insoniyat erisha olmagan harakatlarni qo‘llash imkoniyati mavjud. Bu genetik-injenerlik vaksinalari, ular ilk bor shu qadar keng muomalaga kiritildi", - deydi virusolog.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu vaksinalar bilan 1980-yillardan beri ishlangan, "ularni amaliyotga qo‘llash qiyin bo‘lgan, chunki vaksinalar ishi juda konservativ". Bir turdagi vaksinaning o‘rniga boshqa turini berish juda qiyin.
"Birinchi marta genetik muhandislar uchun imkoniyatlar ochildi va ular ushbu epidemiyaga qarshi kurashishda bizga yordam beradigan juda samarali vaksinalarni yaratishdi. Eksperimental yondashuvlar 80-90-yillarda bo‘lgan, nimadir kichik hajmda qilingan. Afrikada Ebola boshlanganda biz birinchi marta genetik injeneriya vaksinalarni qo‘llashga muvaffaq bo‘ldik, bu vaksinalar juda samarali ekanligini isbotladi va mamlakatimiz ushbu vaksinalarni keng miqyosda foydalanish uchun birinchi bo‘lganidan faxrlanamiz", - deb esladi Altshteyn.

Yangi ofat?

COVID-19ning yangi faol shtammi paydo bo‘lgan Hindistondan yana bir yuqumli kasallik - "Qora mog‘or" tarqalishi haqida xabarlar kelmoqda. Bu kasallik boshqa mamlakatlarga tarqalib ketishidan qo‘rqish kerakmi?
Yevgeniy Timakov, Vrach-pediatr, infeksionist i vaksinolog, glavniy vrach medsentra «Lider-Meditsina” - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2021
Hind shtammidan himoya qilish uchun besh baravar ko‘proq antitanachalar kerak – virusolog
"Qora mog‘or" - ozgina patogen qo‘ziqorin bo‘lib, odamlar juda kamdan-kam hollarda kasal bo‘lib qolishadi. Ammo odamlar koronavirus bilan kasallangan bo‘lsa, infeksiya ko‘proq uchraydi. Bu qo‘ziqorin kasalligi - bu chindan ham o‘ta jiddiy, o‘limga olib keladi, u koronavirusga qo‘shilib, odamni o‘ldirishi mumkin”, - dedi olim.
Shu bilan birga, Anatoliy Altshteyn bu kasallik Rossiya va qo‘shni mamlakatlar uchun deyarli qo‘rqinchli emasligini ta’kidladi, chunki uning tarqalish markazi – Hindiston va hozirgacha "qora mog‘or" bu mamlakat tashqarisiga chiqib ketmadi. Shuningdek, tibbiyot qo‘ziqorin kasalligidan forig‘ qilishi mumkin. Koronavirus avj olgan paytida Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasi "qora mog‘or" bilan kasallanish ehtimolini pasaytirib, odamlarni o‘limdan xalos qilishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0