Analitika

“KoviVak”: COVID-19 ga qarshi Chumakov markazi vaktsinasining xususiyatlari

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishVaktsina KoviVak
Vaktsina KoviVak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2021
TOSHKENT, 5 iyul — Sputnik. “KoviVak” vaktsinasi COVID-19 ning oldini olish uchun oʻldirilgan, koʻpayish va kasallikni yuqtirishga qodir boʻlmagan koronavirusdan tayyorlangan. Vaktsina ishonchli immunitetni shakllantiradi. Bu oʻn yillar davomida sinalgan texnologik platforma. Uning yordamida poliomiyelitga qarshi vaktsina yaratishadi. “KoviVak” joriy yil fevral oyida roʻyxatdan oʻtdi, million dozasi keng muomilaga chiqarildi. Koronavirusga qarshi bu vaktsina nimalardan iborat, qanday hollarda qoʻllab boʻlmaydi va qanday nojoʻya taʼsirlari mavjud, uni qayerdan topish mumkin – batafsil RIA Novosti maqolasida.

“KoviVak” vaktsinasi tarkibi

Oʻtgan yili mart-aprel oylarida M.P. Chumakov nomidagi Immunobiologik dorilarni tadqiq qilish va yaratish federal ilmiy markazi olimlari “Kommunarka”dagi birinchi bemorlar biomaterialidan SARS-CoV-2 koronavirusining RNKsini ajratishdi. Genomlarni oʻsha payt maʼlum boʻlgan uxancha namunalar bilan taqqoslashdi va virusning Rossiyadagi evolyutsiyasini kuzatishdi. Ajratib olingan viruslarni Vero hujayra chizigʻida yetishtirishdi va AYDAR-1 shtammini olishdi. Aynan u “KoviVak” vaktsinasining asosi boʻldi.
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
Rossiya
"KoviVak" - Rossiya koronavirusga qarshi 3-vaktsinani ishlab chiqarishni boshladi
Vaktsinani ishlab chiqarish Vero hujayra chizigʻini yetishtirish, unda AYDAR-1 shtammini tayyorlash, virus qobigʻini kimyoviy yoʻq qilish, RNKni oʻldirish va eng muhim bosqich - tozalashdan iborat.
Natijada faqat faol boʻlmagan yaxlit virionli zarralar va virusli oqsil parchalari qoladi. Muhimi, himoya antitanachalari shakllanishi uchun zarur boʻlgan ustki oqsillar saqlanadi. “KoviVak”ning taʼsir moddasi qoʻshimcha molekulalar, jumladan, immun javobini kuchaytiruvchi gidroksid alyuminiya bilan birgalikda bufer eritmasida boʻladi.

Taʼsir tarzlari va boshqa vaktsinalardan farqi

“KoviVak” dozasi kiritilganda ukol joyiga immun hujayralari toʻplana boshlaydi. Ular oʻldirilgan virus zarralarini dushman sifatida tasniflashadi va ularga qarshi kurasha boshlashadi. Oqim jarayonlari natijasida organizmdagi qonda himoya antitanachalari sintezlanadi.
Haqiqiy koronavirus infektsiyasi bilan qarshilashganda bu antitanachalar uni darhol yoʻq qiladi. Shuningdek, “KoviVak” t-hujayra immunitetini hosil qiladi.
V Rossii zaregistrirovana vaktsina Kovivak ot COVID-19  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.02.2021
Dunyoda
Rossiya koronavirusga qarshi uchinchi vaktsinasini roʻyxatga oldi
“Sputnik V” va “EpiVakKorona”dan farqli oʻlaroq “KoviVak” koronavirusning yaxlit zarralaridan tayyorlangan. Shunday ekan, organizm faolsizlashtirilgan boʻlsada, virusning kichik haqiqiy dozasida mashq qiladi. Bunda toʻliq antitanacha javobi shakllanadi.

Qoʻllanish yoʻriqnomasi

Emlanishga tayyorgarlik koʻrish

Emlanishga nisbatan sogʻlom holda kelmoq zarur, surunkali kasallikliklar vaqtincha zaiflashgan paytda.
“KoviVak” vaktsinasi 18-60 yoshdagilar uchun ruxsat berilgan.
Rossiya SSV qoʻllanmasiga koʻra, emlanishdan oldin antitanachaga tahlil topshirish shart emas. Bu PZR tahliliga ham taalluqli: testni alomatlar mavjudligida yoki soʻnggi ikki hafta ichida COVID-19 tasdiqlangan kishi bilan muloqot qilinganda topshirish kerak.
Vaktsina samaradorligini susaytirmaslik uchun emlanishdan bir oy oldin va soʻng immun tizimi funktsiyalarini charchatadigan dorilarni qabul qilmaslik darkor.

“KoviVak” bilan emlash qanday kechadi

Emlanishdan oldin shifokor koʻrigi, harorat oʻlchanishi, bemor haqidagi maʼlumotlar toʻplami, saturatsiya oʻlchanishi shart. Bu emlanish mumkin boʻlmagan holatlarni chiqarib tashlash uchun kerak.
Tibbiyot xodimi vaktsinaning ehtimoliy nojoʻya taʼsirlari haqida aytib beradi va emlanishga ixtiyoriy ravishda rozilik berishlik qogʻozini toʻldirishga koʻmaklashadi.
Yejegodnaya press-konferentsiya prezidenta RF V. Putina - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.12.2020
Dunyoda
Putin Rossiya vaktsinasini xavfsiz va samarali deb atadi
“KoviVak” vaktsinasi suyuqlik koʻrinishida bir martalik ampulaga qadoqlangan va shishachalar 0,5 millilitrdan. U sovutgichda ikki-olti daraja haroratda saqlanadi, shuning uchun uni eritish talab qilinmaydi. Vaktsina yelkaga kiritiladi.

Emlangandan keyin nimalar qilish kerak emas

Ukoldan soʻng yarim soatlarcha emlanish xonasida tibbiyot xodimlari nazorati ostida oʻtirish kerak. Bu barcha emlanish jarayonlari uchun umumiy qoidadir.
Rossiya SSV tavsiyalariga binoan, emlangandan keyin uch kun davomida hammom, saunaga bormaslik zarur. Bundan tashqari, spirtli ichimlik va faol sport bilan shugʻullanishdan tiyilmoq zarur. Emlangan joyni uch kun hoʻlllamaslik borasida shifokorlar bir xil fikrda emas. Masalan, shifokor Aleksandr Myasnikov bu talabni eskirgan deb hisoblaydi.

Emlanishlar orasidagi vaqt oraligʻi

“KoviVak” ikki marta 14 kun vaqt oraligʻida farq bilan kiritiladi. Har ikki dozaning tarkibi va miqdori bir xil. Vaktsina yaratuvchilari kelajakda vaqt oraligʻi 21 kungacha choʻzilishini istisno qilishmayapti.

Koronavirusga antitanachalar qachon paydo boʻladi

Chumakov markazi umumiy virusologiya boʻlimi mudiri Georgiy Ignatyev 29 iyun kuni Rossiya Fanlar akademiyasi rayosatida chiqish qilayotib, “KoviVak”ning samaradorligi va xavfsizligi haqida soʻzlab berdi. Klinik oldi bosqichida immun javomi sichqonlar va primatlarda (maymun turi) kuzatilgan. Vaktsinaning immunologik samaradorligi bir necha tibbiyot markazlarda klinik tadqiqotlarning birinchi va ikkinchi bosqchilarini oʻtkazishda oʻrganilgan. Yettinchi kuni koʻngillilarda virusni yoʻq qiluvchi antitanachalar aniqlangan, birinchi doza kiritilgandan keyin 42 kun oʻtib “KoviVak” vaktsinasi bilan emlanganlarning 85,7 foizida immun javobi shakllangan.
Shprits - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2021
Jamiyat
Koronavirusga qarshi har 6 oyda emlanish lozim - infektsionist

“KoviVak” vaktsinasining nojoʻya taʼsirlari

Hayvonlardagi klinik oldi tadqiqotlar “KoviVak” zararsiz va xavfsiz ekanini koʻrsatgan. Odamlarda oʻtkazilgan tadqiqotlar buni tasdiqlagan. Vaktsina salbiy taʼsirlarni keltirib chiqarmagan.
Dori yoʻriqnomasiga koʻra, emlanishdan keyin nojoʻya reaktsiyalar uch kungacha choʻzilishi mumkin. Koʻpincha vaktsina kiritilgan joyda ogʻriq, qattiqlashish hamda bosh ogʻrigʻi, qisqa muddatli harorat koʻtarilishi kuzatilgan.
Allergik taʼsirlar, limfa tugunlari kattalashishi mumkin.

Taʼsir davomiyligi

“KoviVak” koviddan qancha himoya qilishi maʼlum emas. Bu 30 ming koʻngillilarda oʻtkaziladigan klinik tadqiqotlarining uchinchi bosqichi vaqtida oʻrganiladi. Chumakov markazi bosh direktori Aydar Ishmuxametov immunitet sakkiz oy himoya qilishini maʼlum qilgandi.

Vaktsinani qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

“KoviVak” bilan 18 yoshdan kichik boʻlganlar va 60 yoshdan kattalar, homiladorlar va bolasini emizuvchi onalar emlanmaydi. Shuningdek, onkopatologiya, oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalligi, allergik holat qoʻllab boʻlmaydigan roʻyxatida. “KoviVak” ilgari har qanday boshqa vaktsinaga ogʻir anafilaktik shok, Kvinke shishi kabi allergik reaktsiyasi boʻlganlarga tavsiya qilinmaydi.
Emlanish oʻtkir isitmali ahvol, yuqumli kasalliklar, surunkali kasalliklarning zoʻrayishi vaqtida ortga surib turiladi. Shuningdek, emlanishning nafi/xatarlariga baho berish uchun davolayotgan shifokor tavsiyalari talab qiladigan qator ogʻir kasalliklar bor.

“KoviVak” bilan emlanganlarning mulohazalari

Oʻtgan yil dekabrida sobiq bosh sanitar vrach akademik Gennadiy Onishenko “KoviVak” bilan emlanganini maʼlum qildi. U oʻz tanlovini bunda immun tizimi yaxlit koronavirusga antitanacha ishlab chiqishi bilan tushuntirgan.
Telegramda “KoviVak” bilan emlanish haqidagi xalq hisobotlari chop qilinadigan chat ochilgan. Unda 10 mingdan ziyod ishtirokchilar bor. Odamlar emlangandan soʻng asosan bemadorlik, bosh aylanishi, uyquchilik, teri qichishi, ukol joyidagi ogʻriq, tana haroratining qisqa muddatli koʻtarilishi, yengil lohaslikni qayd etishgan.
Vaktsinatsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.03.2021
Jamiyat
Kimlarga emlanish tavsiya etilmaydi – mutaxassis izohi

“KoviVak” bilan qayerda emlanish mumkin

Rossiyada emlanishga yozilishda koʻplab tibbiyot muassasalarida Rossiyada roʻyxatga olingan uchta vaktsina oʻrtasidagi tanlov bor. Masalan, Moskvada “KoviVak” bilan besh joyda emlanish mumkin: bu 99, 94, 143, 7, 42-sonli shahar bolalar poliklinikalari. Hozircha “KoviVak” Rossiyaning aksariyat mintaqalariga cheklangan partiyalarda yetkazib berilmoqda, shuning uchun tez tugamoqda. Iyun oxiriga kelib million doza ishlab chiqarilgandi. Bu vaktsina qayerda borligini Rossiya mintaqalari sogʻliqni saqlash organlarining ishonch telefonlariga murojaat qilib, bilib olish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala