Siyosat

“Markaziy va Janubiy Osiyo”: Asadov muhokama qilinadigan uch asosiy mavzuni maʼlum qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPress-sekretar prezidenta Uzbekistana, zamglavы yego administratsii Sherzod Asadov
Press-sekretar prezidenta Uzbekistana, zamglavы yego administratsii Sherzod Asadov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2021
Toshkentda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagigi yuqori darajali xalqaro anjuman boʻlib oʻtadi.
TOSHKENT, 5 iyul — Sputnik. Toshkentda 15-16 iyul kunlari “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidasigi yuqori darajali xalqaro anjuman boʻlib oʻtadi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov bu anjuman doirasida qaysi masalalar muhokamasi ustuvor boʻlishi xususida maʼlumot berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
“<...> bu anjumanning asosiy mavzulari, bu birinchi navbatda, Janubiy va Markaziy Osiyo oʻrtasida transport-logistika hamkorligini kengaytirish va bu orqali yangi iqtisodiy imkoniyatlarni yaratish”, - dedi Asadov.
Uning soʻzlariga koʻra, anjuman doirasidagi ikkinchi eng katta mavzulardan biri bu xavfsizlik masalalari muhokamasidir.
Uchinchi asosiy masalalardan biri esa ikki mintaqa oʻrtasidagi ilm-fan, texnologiya va innovatsion hamkorlikka bagʻishlangan masalalar muhokamasi.
“Ishonchimiz komilki, mana shu konferentsiya yakunlari boʻyicha Janubiy va Markaziy Osiyo orasidagi oʻzaro bogʻliqlik yanada kuchayadi va bu albatta ikki mintaqaning rivojlanish darajasining yangi bosqichga chiqishiga katta turtki boʻladi”, - deya soʻzlariga yakun yasadi Asadov.
Prezident Afganistana Moxammad Ashraf Gani  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2021
Siyosat
Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani iyulda Toshkentga keladi
Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilayotgan ushbu konferentsiyada dunyoning qator mamlakatlaridan yetuk davlat va siyosat arboblari, yetakchi olimlar va ekspertlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishi koʻzda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala