Mirziyoyev va Putin telefon orqali muloqot qildi

Obuna bo‘lish
Prezidentlar Afg‘onistonning shimoliy hududlaridagi ahvol yomonlashishi munosabati bilan Markaziy Osiyodagi vaziyatning rivojiga alohida to‘xtalib o‘tdilar
TOShKENT, 5-iyul - Sputnik. Bugun, 5-iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdilar, deb xabar qilmoqda prezident matbuot-xizmati.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilingan. Xalqaro kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashildi.
Voyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2021
Amerikaliklar Afg‘onistonni Rossiyaga "tashlab qo‘ydimi"?
Davlat rahbarlari mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik, eng avvalo savdo-iqtisodiy sohadagi sheriklikning bugungi sur’atini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Prezidentlar Afg‘onistonning shimoliy hududlaridagi ahvol yomonlashishi munosabati bilan Markaziy Osiyodagi vaziyatning rivojiga alohida to‘xtalib o‘tdilar.
O‘zbekiston va Rossiyaning vakolatli idora va tashkilotlari o‘rtasidagi muntazam muloqotlarni davom ettirishga va yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Yangiliklar lentasi
0